4-mavsu. Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi.
Reja:
1.1 Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi..
1.2. Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari.
1.3. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi.
.
Tayanch iboralar: Pharmacon,mizoj
Sharq tabobati dorishunoslik fani - hozirgi zamon tibbiyot tili bilan talqin qilinganda, farmakogneziya grekcha “Pharmacon – zahar yoki dori”, “gnosis- bilim” so`zidan olingan bo`lib, asosan o`simlik va qisman hayvon va ma`danlardan olinadigan dori mahsulotlarini o`rganadigan fandir. Sharq xalqlari tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarga - o`simliklarning ildizi, tanasi, bargi, guli, mevasi, ildiz va tanasining po`stlari, shuningdek o`simlikning shirasi - smola va yelimi misol bo`lsa, hayvon mahsulotlaridan ularning go`shti, qoni, iligi, suti, hayvon chiqindilari, o`ti, miyasi, ma`danlardan esa aynan o`sha ma`dan o`zi misol bo`ladi.
Sharq xalqlari tabobati bilan shug’ullanuvchi hakim amaliy ish jarayonida oldiga qo`yilgan quyidagi talab va shartlarni bajarishi shart. Aks holda tayorlangan darmonining shifobaxshlik xossasi kamayib, kutilgan natijaga erishilmaydi yoki bo`lmasa, darmon deb zahar tayyorlab bemorni o`ldirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |