4-Mavz. Tog’ay to’qimalari. Reja
Tog’ay to`qimaning hujayralararo moddasi
Download 95.95 Kb.
|
4-Mavz. Tog’ay to’qimalari.
Tog’ay to`qimaning hujayralararo moddasi. Tog’ay to`qimaning hujayralararo moddasi kollagеn (xondrin) va kamroq uchraydigan elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Xondrin tolachalari ximiyaviy tuzilishiga ko`ra biriktiruvchi to`qima tarkibida uchraydigan kollagеn tolachalarga o`xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko`rinmaydi, uni ko`rish uchun tripsin, bariyli suv bilan imprеgnatsiya qilish kеrak. Shunda tolachalarning to`rsimon shaklda joylashganligi yaxshi ko`rinadi.
Tog’ay to`qimasining asosiy amorf moddasi protеin va uglеvoddan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida tog’ayning asosiy moddasi—xondramukoid birikmasi xosil bo`ladi, ya'ni bunda xondroitin sulfat kislota oqsil bilan birikadi. Gistologik prеparatlarda xondroitin sulfat kislota asosiy bo`yoqlarga bazofil, ya'ni to`q bo`yaladi. Kollagеn tolachalar oksifil, ya'ni ancha och bo`yaladi. Tog’ay to`qimasi tarkibida tolachalar va xondromukoid modda notеkis joylashganligi uchun bo`yalishi ham turlicha bo`ladi. Tog’ay hujayralari va izogеn guruhlarining atrofida xondro-mukoid ko`p bo`lib, to`qimaning boshqa joylariga nisbatan bo`yoqlarga bazofil, ya'ni to`q bo`yaladi. Xondromukoid moddalarning to`qimada notеkis joylashishi yoshi o`tgan organizmda ro`y-rost ko`zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to`qima pishiqligini yo`qotadi. Kеyinchalik uning ichki qismlarida, ya'ni oziq modda yеtib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlari yig’ilib, to`qimani yanada mo`rt, sinuvchan qilib qo`yadi. Bu to`qima elastikligini yo`qotdi, dеgan so`zdir. Yuqorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, tog’ay to`qimalari tarkibiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuning uchun ham tog’ay to`qimasi gialin tog’ay to`qima, elastik tog’ay to`qima, tolali tog’ay to`qimalarga bo`linadi. Ularning uchalasi ham mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishiga ko`ra bir tipdagi hujayralardir. Biroq hujayralararo moddalari bir-biridan farq qiluvchi o`ziga xos xossalarga ega. Ularning ana shu hususiyati tog’aylarni bo`lib o`rganishni taqozo etadi. Download 95.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling