4-Mavzu. Aholi statistikasi


Download 51.24 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi51.24 Kb.
#1559905
  1   2
Bog'liq
4-mavzuStatSirtqi


4-Mavzu. AHOLI STATISTIKASI
REJA
4.1. Aholi soni va tarkibi statistikasi
4.2. Aholi harakati statistikasi

Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28



Tayanch iboralar:
Aholi, aholi soni tug’ilishkoeffisenti, maxsus tug’ilish koeffisiyenti,kelganlar koeffisiyenti, tabiiiy o’sish koeffisiyenti , mexaniko’zgarish koeffisiyenti, hayotiylik koeffisiyenti

4.1. Aholi soni va tarkibi statistikasi

Makroiqtisodiy statistika sosial salohiyat (resurslar)ni o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Aholi sonini aniqlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi: vaqt-vaqti bilan o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati; aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar; aholining mexanik harakatlari bo’yicha ma’lumotlar.
Aholining tabiiy o’zgarishini, ya’ni tug’ilganlar va o’lganlarni, nikohdan o’tgan va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qiluvchi idora (ZAGS)lar hisobga oladi. Aholining migrasiyasini, ya’ni bir mamlakat, viloyat, tuman va aholi yashaydigan punktlarga keluvchilarni hamda boshqa yerga ketganlarni shaharlarda uy daftarida (o’tkaziladigan va chiqariladigan), qishloq joylarda esa qishloq kengashlarining xo’jalik daftarlari va ro’yxatlarida hisobga olib boriladi.
Ana shu hisobga olish va oldin o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlariga statistik ishlov berish asosida har yili hisob-kitob qilish yo’li bilan butun mamlakatdagi va ayrim viloyat, tuman hamda shahar va qishloq aholisining umumiy soni quyidagicha aniqlanadi:
A=A0+(TS-O’S)+(KLS-KTS)
bu yerda: Ao - aholining yil boshidagi soni; TS - Joriy yilda tug’ilganlar soni; O’S - Joriy yilda o’lganlar soni; KLS - Joriy yilda kelganlar soni; KTS - Joriy yilda ketganlar soni.
Bunday hisoblashlarni shahar va qishloq, jins va yosh miqyosida ham bajarish mumkin.
Ro’yxat o’tkazish va joriy hisoblashlar yordamida aholi soni odatda yil boshidagi sana bilan aniqlanadi. Biroq ma’lum sanada aniqlangan aholi soni makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun qo’l kelmay qoladi. Masalan, jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi daromad kabi ko’rsatkichlar aholining yil boshidagi yoki yil oxiridagi soniga asoslanib emas, balki uni o’rtacha soniga asoslanib hisoblanadi.
Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin.
1. Agar aholi soni faqatgina yilning boshi va oxirida keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida
hisoblanadi:

bu yerda: - aholining o’rtacha soni; A0- aholining yil boshidagi soni; aholining yil oxiridagi soni.
2. Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi:

Agar aholi soni bir necha yillar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lib, ja’mi yillar bo’yicha aholining o’rtacha sonini aniqlash lozim bo’lsa, bunday hollarda ham o’rtachani aniqlash o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi.
3. Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar bo’yicha teng bo’lmagan intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi:

bu yerda: - yonma-yon keltirilgan aholi sonining o’rtachasi; t - vaqt oralig’i (oy, kun va h.k.)
Masalan, quyidagi oylar bo’yicha aholi soni keltirilgan bo’lsin


Oylar

01.01

01.02

01.03 01.04

01.05

01.06 01.07

aholi soni, mln.kishi

18,1

19,6

21,1

20,9

22,3

22,0

23,5

Agar bir oy (masalan, yanvar oyi uchun) o’rtacha aholisi sonini aniqlasak oddiy arifmetik formulani qo’llaymiz:
mln. kishi
Agarda yarim yil uchun aholini o’rtacha sonini aniqlasak, o’rtacha xronologik formulani qo’llaymiz:
mln. kishi
Aholining o’sish sur’ati mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va xalq farovonligi darajasini belgilab beruvchi determinantdir. Shu jihatdan u Solou modelini** quyidagi uch jihat bo’yicha to’ldiradi.
Birinchidan, aholining o’sishi iqtisodiy o’sish sabablarini taxmin qilish imkonini beradi. Barqaror iqtisodiyot va aholi sonining o’sib borish sharoitida bitta ishchiga ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati o’zgarishsiz oladi. Chunki ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar soni, kapital va ishlab chiqarish hajmi bir xil sur’atlarda o’sadi.
Demak, aholining o’sish sur’ati xalq farovonligini uzoq muddatga o’sishiga sababchi bo’la olmaydi. Chunki barqaror iqtisodiyot sharoitida bitta ishchiga ishlab chiqarilgan mahsulot o’zgarishsiz qoladi. Ammo aholining o’sishi yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan, aholining o’sishi: nima uchun ayrim mamlakatlar taraqqiy etgan, boy ayrimlar esa qoloq, kambag’al, - degan savolga javob beradi.
Aholi o’sishining tezlashuvi ishlovchilar sonining ko’payishiga natijada ularning kapital bilan qurollanganligini pasaytiradi. Bu hol esa mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi.
Shunga asoslanib Solou quyidagicha xulosaga keladi: aholi o’sishi yuqori bo’lgan mamlakatda jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi milliy mahsulot qiymati past darajada bo’ladi.
Uchinchidan, aholining o’sish darajasi kapital jamg’armasi darajasiga ta’sir qiladi. Oltin qoidaga asoslangan jamg’arma darajasining o’sib borishi, iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Shu davr ichida kapital bilan qurolanganlik va mehnat unumdorligi darajasi yuqori bo’ladi. Shular evaziga jon boshiga to’g’ri kelgan daromad ham yuqori darajada bo’ladi.
Statistika aholi tarkibini quyidagi belgilar bo’yicha o’rganadi: umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati); aholining milliy tarkibini tavsiflovchi belgilar (millati, ona tili, fuqaroligi); mehnat resurslarini tavsiflovchi belgilar (ishlash joyi, mashg’uloti, mutaxassisligi); aholining sosial tarkibini tavsiflovchi belgilar (ijtimoiy guruhi, yashash manbaalari); aholining madaniy - ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar (ma’lumoti, ta’lim olish, mafkurasi va boshq.); aholining xududiy joylashishini tavsiflovchi belgilar (shahar, qishloq, viloyat, rayon va h.k.).
Aholi tarkibida erkak va ayollar sonining o’zaro mutanosibligi va ularning yosh jihatdan bir-biriga yaqin bo’lishi nikohlanish darajasiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi va aholining o’payishi jarayonida asosiy demografik zamin hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga binoan yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’rta hisobda har 100 qiz bolaga 105-106 o’g’il bola to’g’ri keladi. Bunday biologik qonuniyat jahonning barcha mamlakatlariga xosdir.
Mamlakatimiz aholisini jinsi bo’yicha tarkibini 106-jadval ma’lumotlari asosida o’rganish mumkin.


106-jadval O’zbekiston Respublikasi aholisining jinsiy tarkibi

Yillar

jami aholi (ming kishi)

shu jumladan (%)

erkaklar

ayollar

1926

4660,0

52,9

48,9

1939

6440,0

51,6

48,4

1959

8119,0

48,0

52,0

1970

11799,0

48,7

51,3

1979

15757,0

49,0

51,0

1989

19785,2

49,4

50,6

1995

22690,0

49,5

50,5

2001

24966,8

49,3

50,7

2002

25427,9

49,9

50,1



Download 51.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling