A ам = T : Q у ,
U1а = K с : A ам
Bu erda: A ам – aylanma mablag’larning aylanuvchanligi;
T – realizatsiyadan olingan tushum;
Q у – aylanma mablag’larning yillik o’rtacha qoldig’i;
U1а – aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzunligi;
K с – tahlil davridagi kunlar soni.
Zaxiralarning aylanuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
A з = T см : Q зу
Bu erda: A з – zaxiralarning aylanuvchanligi;
T см – sotilgan mahsulot tannarxi;
Q зу – zaxiralarning o’rtacha qiymati.
Debitorlik qarzlarini to’lashning kunlardagi o’rtacha davo-miyligi sotib oluvchilarning schyotlar bo’yicha to’lash tezligini aks ettiradi va u quyidagicha aniqlanadi:
DQтуд = DQ с : T к
Bu erda: DQтуд – debitorlik qarzlarini to’lashning kunlardagi o’rtacha davomiyligi;
DQ с – debitorlik qarzining o’rtacha summasi;
T к – realizatsiyadan olingan kunlik o’rtacha tushum.
Bu ko’rsatkichning past darajasi XYuS debitorlardan pulni undirish bo’yicha ishining samaradorligidan darak beradi. Biroq, ayrim hollarda, bu narsa XYuS kredit siyosatining haddan ziyod qattiqligini ham ko’rsatib, realizatsiya qilingan mahsulotlarning uncha katta bo’lmagan qismi kreditga sotilganligini ham anglatadi.
XYuS moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini ta’min-lashda va moliyaviy tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o’ynaydi. Umumiy ko’rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o’rta-sidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasida kelgusi davr daromadlari ham kiritilib, ular XYuS ning o’zlik pul mablag’lari hisoblanadi. Shuning uchun ham, sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin:
Sак = AA – QP
Bu erda: Sак – sof aylanma kapital;
Do'stlaringiz bilan baham: |