4-mavzu: auditorning kasb etikasi
Kasbiy faoliyatda quyidagilar ajratib ko’rsatiladi
Download 0.58 Mb.
|
4-MAVZU AUDITORNING KASB ETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy etika tushunchasi.
- Misol uchun
Kasbiy faoliyatda quyidagilar ajratib ko’rsatiladi:Kasbiy xarakteristika oldidagi etik majburiyatning mavjudligi. Masalan, kasbiy manfaatlarni himoya qilish, uning bir butunligi va obro’sini asrash, etika qoidalarini bajarish, o’z kasbiga bo’lgan muxabbat, har bir qilayotgan ishiga vijdonan yondoshish, kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida ijodkorlikni namoyon qilish, simvollik, kasbiy tartib taomillar. Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan etik normalar, mutaxassisning o’z shaxsiy xislatlarini namoyon qilishi hamda o’z o’zini kamolotga etkazishi, kasbiy faoliyatda yuqori malakaga erishish. Ma’lum bir faoliyat doirasidagi madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi kasbiy mahorat bo’lib hisoblanadi. Muayyan bir sohada kasbiy qadriyatlar va qimmatliklarning mavjudligi hamda amalda ishlab turishi uning ishchilari uchun uning majburiyatlari bilan bog’liq ko’pgina kasbiy holatlarni anglab etishga va ularni amaldagi qadriyatlar tizimi bilan o’zaro munosabatini aniqlashga imkon beradi. Kasbiy etika tushunchasi.Kasbiy etika — bu insonning o’z kasbi oldidagi majburiyati aloqadorlini aniqlab buruvchi odob ahloq normalari yig’indisi hisoblanadi. Kasb bilan bog’liq bo’lgan odob ahloq har doim insonning boshqa shaxslar oldidagi yurish turishi, o’zini tutishi erkinligining cheklanganligi bilan bog’liqdir. U insonlarni u yoki bu kasbga tegishliligiga qarab birlashtiradi. Kasbga bilan bog’liq odob ahloqga bo’lgan talab faqatgina muayyan bir kasb egalariga tegishli bo’lib, boshqa kasb egalariga dahl qilmaydi. Bundan tashqari, ushbu talablar u yoki bu kasb egalarining o’ziga xos o’zaro munosabati hamda o’zaro aloqasini sababli barchaga ma’lumdir. Misol uchun:Yapon ish etikasining umumiy qoidalari: uchrashuvlarga faqatgina tashrif qog’ozi bilan kelish, har doim o’z kompaniyasi va o’z takliflari haqida manbalarga ega bo’lish, kiyinish madaniyatida va tashqi ko’rinishda maxsus qoidalarga rioya qilish. Kasbiy etika shuningdek, axloqiy o’zini tutish bilan ham bevosita bog’liq, lekin u xar bir kasbning ahloqiy xarakteristikasini ko’rib chiqqan holda juda tor doirani o’zida qamrab oladi. Kasb faqatgina normativ talablarga to’g’ri keluvchi saralash jarayoni kabi o’rin egallaydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling