4-mavzu. Axborot tizimlari
– r a s m. Axborot tizimlari turlari va
Download 82.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-MAVZU. AXBOROT TIZIMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
1.9 – r a s m. Axborot tizimlari turlari va
boshqaruv darajalarining o’zaro aloqalari yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish; mazkur tashkilot xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish. Bu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Har qanday tashkilot uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bulgan tizim ishining ketma-ketligini belgi-lash eng muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, tashkilotda hal etiladigan masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foyda-lanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standart-lash, axborotlarni kdyta ishlash tartibini standartlash to’g’risida ketayapti. Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni, shuningdek, ularga javob-ning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo’lish mum-kin. Eskirgan vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, tashkilotda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish yoki olmasligida. Hozirgi kunda axborot tizimi haqdsa kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham fao-liyat ko’rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala. Tashkilot axborot tizimida axborot xajmining o’sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog’liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan ma’lumot-larni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshirilgan. Tayanch so’z va iboralar: Axborot tizimi; boshqaruv darajalari; axborot taqsimoti; axborot tizimlari-ning turlari; boshqaruv darajasidagi o’zaro aloqalar. Takrorlash uchun savollar. Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz? Boshqaruv darajasiga ko’ra axborot qanday taqsimlanadi? Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o’zaro aloqalari-ni tushuntirib bering. Axborot tizimlari qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi? Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling