4-mavzu. Badiiy matnda tilning fonetik, leksik (keng ma’noda iboralar, maqollarning ishlatilishi) grammatik vositalari badiiylikni ta’minlovchi vositalar sifatida


Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi


Download 218.5 Kb.
bet2/4
Sana13.11.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1770603
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi.

  • Marhamat... O’-o’, kaklikning sayrashini dedingizmi?
  • – Uning manglayi tirishib va g’ijinib davom etdi:
  • Biz ham sizga qo’shilib eshitar ekanmiz-da?
  • (Sh. Xolmirzaev)
  • O’-o’o’, okaxon, tuda-suda to’laysiz-da.
  • (Sh. Xolmirzaev)

-A-a-a, o’sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yo’qligimni qarang-a.(S.Ahmad) Men o’zimning odmi plashimni ham devordan daromad qilib yasalgan shifonerga ildim. –O-o! – deb yana o’zi ichkariga yo’l tortdi Tavakkal. - Yaxshi-ii... A, Gulsara? Bir kishiga bo’ladi-da! (Sh. Xolmirzaev)

Xitob, chaqirish, da’vat, tinglovchi e’tiborini jalb qilish

  • Ziyodni onasi paxtazor qarab-paxtazor qarab chaqiradi:
  • -Ziyod-u-u-u!
  • Men Ziyodni onasi qo’lidan tortib-tortib yig’lab qo’yaberaman.
  • Yuring ketamiz, momo! – deydi . – Yuring ketamiz, hozir samolyot keladi!
  • Ziyodni onasi gapimni korlamaydi. Entikib-entikib chaqiradi:
  • -Ziyod-u-u-u!
  • Ziyodni onasi o’pkasi to’lib-to’lib chaqiradi:
  • -Ziyod-u-u-u! (T.Murod)

Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me’yor bo’yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo’lgan so’zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So’zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, xursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga «aynan» etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me’yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda ro’y berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar ifodalangan bo’ladi.

Belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg’on emas (Oybek). O’zim shu baytni yakkaxonlik qilmoqdaman: Dardi yo’q - kessak, Ishqi yo’q - eshshak! (A.Qodiriy)

  • Harakatning davomiyligi:
  • –Mening xotinim bo’lib, aroq ochishni bilmaysanmi? – dedi mingboshi, xoxolab kuldi. – O’rgan! Mana qarab tur! – Shishaning tagiga yo’g’on shapalog’i bilan ikki marta urdi, po’kak chachrab chiqib shiftga tegdi, so’ngra u erdan sachrab tovchadagi katta jomga kelib tushdi, «jar-r-rang!»... etdi jom.
  • – Ha-ha-ha!.. – dedi mingboshi. Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq! (Cho’lpon).

Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling