4-Mavzu: Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish Reja


Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari


Download 71.5 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1381641
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 maruza

Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;
2)bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish
SHaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi
--Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi
--Hissiyotga boylik
--Boy tasavvurga egalik
--O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish
--Mantiqiy fikrlash qobiliyati
--Refleksiya qobiliyati
--Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik
--Eruditsiya (bilag’onlik)
--Ijodiy yo’nalganlik
--Innovatsion qobiliyatga egalik
--Tavakkal qila olish qobiliyati
--Tafakkur tezligiga egalik
--ichki sezgining rivojlanganligi
--O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
--YUksak badiiy qadriyatlarga egalik
Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan
Asosiy yo’llar
1--Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish
2-Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish
3--Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish
4--Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling