4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja
Download 349.84 Kb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harflarni esda saqlash”
Xatolarni tuzatish
Dastur talablariga muvofiq, 4-sinfning oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli yozilishi lozim. Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab ololmaydilar, harflarning shaklini pala-partish, katta- kichik qilib har xil yozadilar. O'qituvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim. Kamchilikarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini aniqlash zarur. O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaning noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar: Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi. Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib yozadilar: Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik, haddan tashqari mayda, yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi. Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim. Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz: 1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadidar; 2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar; Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar faqat kichik harflarga taalluqli bo'lganini ko'rsatib o'tdik bunday kamchiliklar bosh harflada ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib borish mumkin. Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmasak ham sabab bo'ladi. Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi. Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak. Agar o'quvchilar harflarning shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflarning baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, unda o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarining diqqatini ko'proq, butunlay o'zgacha yoziladigan harflarning shakliga qaratishi lozim. Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilarni ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi. Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur. Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda. Ularga bo'lgan munosabatlar ham o'zgarmoqda. Ayniqsa. soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchaydi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Husnixat malakasini shaklantirish bundan keyin ham yanada takomillashib boriladi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chiziladi, yuqoridan pastka kichik tayoqcha tushiriladi va qo'l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli kichik tayoqcha tushiriladi. O'quvchilarni komanda bilan turg'azib, oldin o'rganilgan badantarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so'ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi. Husnixat mashg'ulotlarini yuqorida ko'rsatilgani kabi uyushtirish chiroyli va to'g'ri yozish malakasini hosil qilish, o'quv mashg'ulotlarini puxta o'zlashtirishga yordam beradi. Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. O`yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o`yin orqali materiallarning ko`rinishi, rangi, tuzilishi turli o`simlik va hayvonot olamidagi o`zgarishlarni anglaydilar. O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim. Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor. Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir. 1. O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir so`z aytadi, bolalar ana shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar. Masalan: osh- mosh, tosh, bosh… 2. o`qituvchi yoki tarbiyachi bolalarga kaptok otadi. Kaptok otayotganda, o`qituvchi masalan: “anor”-, deydi. O`quvchilar esa sholi-poli, uy- o`y, rom-pom, uch-o`ch degan so`zlarni topib aytishlari kerak. 3. Har bir o`quvchiga stol ustida turgan rasmlardagi bir-biriga nomlari yaqin bo`lganlarini topib aytishi topsiriladi. Grammatik o`yinlar til o`rgatishdagi qiyinchiliklarni yengishga, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa birinchi sinfga kelgn bolalarning ancha kamchilikari bo`ladi. Masalan: Ular r,z,s,t,sh kabi tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olmaydilar. Shuning uchun ham boshlang`ich sinf o`yin mashqlari ovoz, havo yo`lining ishlashini normallashtiradi, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib, eslab qolishga yordam beradi. 1-sinfda talaffuz etilishi qiyin bo`lgan so`zlar ishtirokida turli o`yinlar o`tkaziladi. O`qituvchi bir necha so`zni (olma, shahar, gulzor) aniq, lekin juda tez aytadi. O`quvchilar bu so`zarni yaxshilab eshitib olishga va uni takrorlashga harakat qiladilar. Bu o`yin bolalarning eshitush qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi, ularni intizomli bo`lishga o`rgatadi. O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi. “Harflarni esda saqlash” o`yini. Download 349.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling