UYGA VAZIFALAR:
-
Knopka bosilganda svetodiod o’chsin , bosmaganda yonsin.
-
Knopka bosilganda 2ta svetodiod yonsin , bosilmaganda boshqa 2ta svetodiod yonsin.
-
Knopka bosilganda 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosildi va birinchi 4ta svetodiod yondi” , bosilmaganda boshqa 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosilmagan va keyingi 4ta svetodiod yondi” degan yozuv monitor portga chiqsin.
-
Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin.
-
Knopka bosib turilganda 3ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda o’chsin.
-
Knopka bosib turilganda 5ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlash tezligi 2 marta kamaygan holda sekin yonib-o’chishda davom etsin.
-
Knopka bosib turilganda o’ngdan chapga 8ta svetadiod ketma-ket yonib borishi va qo’yib yuborilganda teskari yo’nalishda xuddi shunday ishlashi kerak.
-
Knopka bosilganda 1-mavzuning 1-vazifasi bajarilsin.
-
Knopka bosilganda 1-mavzuning 2-vazifasi bajarilsin, bosilmaganda 3-vazifasi bajarilsin.
-
Birinchi knopka bosilganda ikkita svetodiod yonsin , ikkinchi knopka bosilganda yana ikkita svetodiod(boshqa 2ta) yonsin, bosilmaganda ular o’chiq tursin.
-
Tugma bosib turilganda monitor portda o’sish tartibida sanash boshlansin (0,1,2,3,4,……), bosilmaganda kamayish tartibida(4,3,2,….) . VA o’sish tartibining maksimal qiymati 60 va kamayish tartibining minimal qiymati -60 bo’lsin , ya’ni faqat shu -60; 60 oraliqdan chiqmasin.
-
** Knopka bosib turilsa monitor portda sana, oy, yil ni bosilmaganda soat , minut, sekundni ko’rsatib tursin.
-
*Birinchi knopka bosilgan 4ta svetodiod ketma-ket yonib-o’chsin, ikkinchi knopka bosilganda esa boshqa 4ta svetodiod birinchi 4ta svetoidioddan ikki marta katta tezlik bilan ketma-ket yonib-o’chsin .
-
**Ikkita knopkadan birinchisi bosilganda monitor portda kun,oy,yil chiqsin, ikkinchi knopka bosilganda esa soat,minut, sekund chiqsin.
-
*** Monitor portda soat,minut,sekundni ko’rsatib tursin.1- Knopka bosilganda ma’lum bir vaqtga budilnikka qo’yilsin(01:12) va shu vaqt kelganda ekranda “vaqt bo’ldi” degan yozuv chiqib tursin. 2-knopka bosilganda vaqt yana 00:00 dan boshlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |