4-Mavzu. Chiziqli algoritmlar. Tarmoqlanuvchi algoritmlar Reja
Download 7.26 Kb.
|
4-ma\'ruza
4-Mavzu. Chiziqli algoritmlar. Tarmoqlanuvchi algoritmlar Reja: Chiziqli algoritmlar Takrorlanuvchi algoritmlar Chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlash. Chiziqli jarayonlarni algoritmlash Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy ko’rinishi hisoblanadi. Unda bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda berilgan bo’lsa shunday tartibda ketma-ket bajariladi. Chiziqli tuzilishga ega bo'lgan algoritmlarda ko'rsatmalar yozilish tartibida bajariladi. Ularning blok-sxemalari ishga tushirish, to'xtatish, kiritish,chiqarish jarayoni blok hamda avvaldan ma'lum jarayon bloklari yordamida tuzilib, bir chiziq bo'ylab ketma-ket joylashgan bo'ladi. Chiziqli tuzilishdagi algoritmni tuzish masalani yechish uchun kerak bo'ladigan boshlang'ich ma'lumotlarni tashkil qiluvchi o'zgaruvchilar nomi, ularning turi va o'zgarish ko'lamini aniqlashdan boshlanadi. Keyin oraliq va yakuniy natijalar o'zgaruvchilarining nomlari, turlari va mumkin bo'lsa o'zgarish ko'lamini aniqlash kerak. Endi algoritm mana shu boshlang'ich ma'lumotlarni qanday qayta ishlab oraliq va yakuniy natijalarni olish kerakligini aniqlashdan iborat bo'ladi.Chiziqli algoritmlarni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi. Hisoblash jarayonlarining shundayiga tarmoqlangan deb ataladiki, unda u birlamchi yoki oraliq ma’lumotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha yo’nalish bo’yicha bajarilishi mumkin bo’ladi. Bunda har bir yo’nalish hisoblash jarayonining tarmog’i hisoblanadi. U yoki bu tarmoqning tanlanishi mantiqiy shartlarning bajarilishini tekshirish asosida ta’minlanadi. Aniq bir holda jarayon faqat tarmoqlarning bittasi bo’yicha bajariladi. Boshqa tarmoqlanish-larning bajarilishi mumkin emas.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi Shartni tekshirish natijasi faqat ikki hil bo'lganda: bajarilgan hoi uchun «Ha» (yoki «+»), bajarilmagan hoi uchun «Yo'q» (yoki «—») belgilari qo'yiladi Tarmoqlanish matematik ifoda qiymatining ishorasi bo'yicha bo'lganda (arifmetik shart): «>» — musbat, «<» — manfiy va «= » — nolga teng belgilar qo'yiladi .Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi: Download 7.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling