14. SABAB TUShUNChASINI TA’RIFLANG.
A). sabab- bu shunday voqeaki, uning asosida nimadir vujudga keladi.
B). sabab – bu o‘ziga muvofiq keladigan biror natija keltirib chiqaradi.
V). sabab – bu hodisaning kelib chiqishi uchun bahonadir.
G). sabab – inson zehniga xos xususiyat.
15. BUTUN TUShUNChASINI IFODALAB BERING.
A). jismlarning kattaligi.
B). bir necha narsalarning qo‘shilishi va yig‘indisi.
V). moddiy dunyodagi umumiy aloqalar va xususiyatlar.
G). hodisalarning yaxlitligi va umumiyligi, o‘zaro ichki bog‘liqligi, tashqi kurinishi.
16. BO‘LAK NIMA?
A). narsalarning alohida qismi.
B). eng mayda narsalardir.
V). biror narsa va hodisalarning alohida qismi, o‘ziga xosligi, mustaqilligi, barqarorligi, abadiyligi.
G). alohida sifat va miqdor aniqligiga ega bo‘lgan narsa, hodisa.
17. TIZIM TUShUNChASINI TUShUNTIRING.
A). olam tartibi.
B). elementlarning to‘plami bo‘lib, o‘zaro munosabat va aloqada muayyan yaxlitlik hamda birlikni tashkil etadi.
V). qismlarning o‘zaro aloqadorligi.
G). narsalarning qo‘shilishi va birligi.
18. TUZILISh NIMA?
A). tizim tashkil topishning tuzilishi va ichki normasi. B). narsalarning yonma-yon turishi.
V). narsa va hodisalarning bir joyda to‘planishi. G). elementlar aloqadorligi.
19. TO‘G‘RI FIKRNI ANIQLANG.
A). Element – bu materiyaning dastlabki moddasi, birlamchi zarra. B). Element – bu eng mayda narsalar.
V). Element – bu tizimning tarkibiy bir qismi. G). Element – bu atom va boshqa moddiy unsurlar.
20. Faqat sababiy bog‘lanishlar orqali dunyoning falsafiy manzarasini yoritib beruvchi oqim nima deb nomlanadi?
a) fatalizm; b) anarxizm;
v) nigilizm; g) determinizm.
21. Dialektik inkorga ko‘ra rivojlanishning spiralsimon xarakteriga xos uch muhim jihatlar qaysilar?
A). Tezis, antitezis va sintez.
B). Rivojlanish inkorni-inkorlar zanjiridan iborat ilgarilanma jarayon.
V). Eskining yemirilishi, yangining paydo bo‘lishi, rivojlanish sharti.
G). Destruksiya, kumulyatsiya va konstruksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |