4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet2/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

A l o q a d o r l i k - barcha tizim va tuzilmalarni, narsa va hodisalarni bir-biri bilan bog‘lovchi, ichki va tashqi xossalarni yuzaga keltiradigan, ularga barqarorlik, yalpi, universal va atributiv /mohiyatli, ajralmas xislatdir. Aloqadorlikning mavjudligi asosida narsa va hodisalarning bir – biriga bog‘liqligi yotadi. Bilish jarayonida bir hodisani tushunish uchun uni boshqa hodisalar bilan bog‘langanligini ko‘rib chiqadilar. Masalan, mexanikada pastga tushuyotgan jismni sharqdan g‘arbga qarab og‘ishi hodisani Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan shu jism o‘rtasida bog‘lanish borligi bilan tushuntiradilar.
Aloqadorlik ikki tomonlama bog‘lanish shaklida namoyon bo‘lsa, unda o‘zaro bog‘lanish yuzaga keladi. Yer sathining strukturasi va iqlim o‘rtasida mavjud bo‘lgan bog‘lanish shunga misol bo‘ladi.
O‘zaro bog‘lanishning qarama – qarshi tomoni xolislikdir. X o l i s l i k ajratilganlikni, yakkalikning ko‘rinishi bo‘lib, u predmetlarning nisbiy mustaqqilligini ifodalaydi, ularning mavjud bo‘lish me’yorini, chegarasini bildiradi. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida xolislik va bog‘lanish o‘z o‘rinlarini almashtiradilar, ya’ni, xolislik holati yo‘qolib bog‘lanish, aloqa vujudga keladi va aksincha, bog‘lanish biron – bir yangi xossa yoki holatni paydo qilib, xolislikni keltirib chiqarishi mumkin.
Olamda mutlaq xolis, yakka, boshqa hodisa bilan bog‘lanmagan/ predmet yo‘qdir. Shunday ekan olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik yalpi o‘zaro bog‘lanishni hosil qiladi. Yalpi o‘zaro bog‘lanish cheksiz, ko‘p xil aloqalar orqali namoyon bo‘ladi. Bulardan asosiy va asosiy bo‘lmagan, bevosita va bavosita, ichki va tashqi, funksional va genetik aloqadorlik va bog‘lanishlarni ko‘rsatish mumkin.
Olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik o‘zgarishlar manbaidir. Dialektikada harakat chuqurroq tushuniladi. Bundagi «o‘zgarish» tushunchasi hajm jihatdan «harakat» tushunchasiga kiradi. Chunki har qanday o‘zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o‘zgarish emasdir. O‘zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishidir. Masalan, yangi buyumning eskirishi va shular kabi. Biroq «o‘zgarish» o‘z ichiga «rivojlanishni» oladi, garchi har qanday o‘zgarish rivojla­nish bo‘lmasa ham.
Rivojlanish esa bu - progress1 tomon o‘zgarishdir. Rivojlanish, aslida shunday o‘zgarishki, bunda muayyan yunalishdagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o‘rnini olib, eski narsa va hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa va hodisalar oladi. O‘zgarish esa rivojlanishdan shu bilan farq qiladiki, u o‘z ichiga regress2larni ham oladi.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling