4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet7/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu yerda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Inkorni-inkor qonuni - rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi. Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni o‘rganishni inkor tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi va yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rivojlanishning siklligini aks ettiradi.
Inkorni nigilistik va dialektik tushunish tubdan farq qiladi. Eskining butunlay barham topishi, inkor etilishi va yangining “yo‘q”dan paydo bo‘lishi ma’nosida tushunish inkorni nigilistik tushunishdir (lot. nigie – hech nima). Inkorni dialektik tushunishga ko‘ra esa birinchidan, inkor taraqqiyot jarayonining sharti va momentidir; ikkinchidan, inkor taraqqiyot jarayonida eski bilan yangining bog‘lanish, aloqadorlik jihatidir.
Inkorni inkor qonuni quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: birinchidan, eskining yangi tomonidan inkor etilishi ob’ektiv jarayondir; ikkinchidan, dialektik inkor tashqaridan kiritilgan kuch yoki holat emas, balki narsa va hodisalarning ichki rivojlanishi natijasi, o‘zini-o‘zi inkor qilishidir; uchinchidan, har bir narsa va hodisa uchun inkorning aniq turi mavjud; to‘rtinchidan, dialektik inkor to‘liq inkor bo‘lmay, balki eskini yangi bilan bog‘lab turuvchi jarayondir, vorislik ifodasidir; beshinchidan, dialektik inkor taraqqiyotning oddiydan murakkabga, quyi bosqichdan yuqori bosqichga, eski sifatdan yangi sifatga o‘tilishini, ilgarilama xarakterini ifodalaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda eski va eskirayotgan narsalarni inkor etish va ularning o‘rniga yangilarini qurish, yaratish uchun kurash davom etmoqda. Jamiyatda yuz berayotgan bozor iqtisodiyoti tug‘dirayotgan o‘zgarishlarni har bir kishi to‘g‘ri tushunib olishi lozim. Respublikani sifat jihatidan o‘zgartirish, uni yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kiritish uchun hozirgi davrda har bir kishidan ko‘proq kuch-g‘ayrat sarflashni, o‘z faoliyatiga baho berishda xolis, prinsipial bo‘lishni, omilkorlik va fidokorlikni talab qiladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun faqat iqtisodiy o‘zgarishlar qilish yetarli emas, shu bilan birga, siyosiy, madaniy va ma’naviy o‘zgarishlar ham qilish, faol ijtimoiy siyosat olib borish, inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik, uning hayotiy manfaatlarini himoya qilish ham zarur.
Dialektikaning umumfalsafiy uchta asosiy qonunlari mazmun-mohiyatini bilish, olamni falsafiy anglashda mazkur qonunlarni e’tiborga olish, ularning talab-qoidalariga mos ravishda fikrlash va amal qilish muhim metodologik ahamiyatga egadir.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling