4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari: G’arb falsafasi
Strukturalizm va poststrukturalizm
Download 97.7 Kb.
|
4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari G’arb falsafa
Strukturalizm va poststrukturalizm. Pozitivizm bilan strukturalizm uzviy bog’liq. Strukturalizm (lot. structuma – tuzilish, joylashish, tartib) - G’arb falsafasining yangi yo’nalishlaridan biri.
Strukturalizm, umumiy falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo’ljallar va o’ziga xos tahlil birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sosiologiya, falsafa)dagi yo’nalishlar majmui sifatida, XX asr boshidan 40-yillargacha shakllandi. Strukturalizmning ko’pgina g’oyalari yuzaga kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt (inson ongi dunyosini modellashtirishda tilning dinamik roli), Ch.Pirs (semiotika asoschisi), E.Kassirer (inson xulq-atvori va ongining shakllanishida til, mifologiya va san’at simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin. Strukturalizmning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari inson hissiy idrok etishi mumkin bo’lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni ichki, teran va shu sababli «noaniq» strukturalarning sirtda namoyon bo’lishi (manifestasiya) sifatida qaraganlar va ularni yoritishni o’z vazifasi deb hisoblaganlar. Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi. Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va tashqi o’zgarishlarda har xil, ko’p variantli tushunchalar majmui yoki, strukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko’pincha model sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo’ysunishi; transformasiya – bir kichik struktura boshqa kichik strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli o’tishi; o’zini o’zi tartibga solish – mazkur tizimi doirasida qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi lozim. Shunday qilib, struktura nafaqat obyektning barqaror skeleti tarzida, balki rioya qilish bir obyektdan ikkinchi, uchinchi va hokazo obyektlarni olish imkonini beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi. Bunda ayrim obyektlar to’plamining yagona strukturaviy qonuniyatlarini aniqlashga bu obyektlarning farqlarini e’tibordan soqit etish hisobiga emas, balki yagona mavxum invariantning muayyan variantlari sifatida qayd etilgan bir-biriga o’tishlar dinamikasi va mexanikasini tahlil qilish yo’li bilan erishiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, strukturalistlar foydalanuvchi asosiy tushunchalar ulardan tadqiqotchilik maqsadlarida foydalanilgan maxsus fanlar doirasida ishlab chiqilgan. Shu sababli asosiy kategoriyalar va g’oyalar bu yo’nalishning bosh shakllari bilan maqsadga muvofiqdir. Poststrukturalistlar (Derrida, Delez, M.Fuko va h.k.) strukturani va bilimdagi barcha nostrukturaviy narsalarni ularning genezisi va tarixiy rivojlanishi nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qildilar. Ko’rsatilgan yondashuvlarning ikkalasi ham ijtimoiy bilim xususiyatlari va metodlarini, uning faoliyati umumiy mexanizmlarini, tabiiy ilmiy bilimdan farqlarini, u yoki bu ijtimoiy-madaniy shakllar (til, san’at, adabiyot, moda va h.k.) yuzaga kelishini bilishda sinxron va diaxron narsalarning birligini o’rgangan. Strukturalistlar bunday hodisalarni o’rganishda struktura tarixdan obyektivroq, muhimroq va birlamchiroq deb hisoblagan bo’lsalar, poststrukturalistlar bunga zid xulosani ilgari surganlar. Ular o’z falsafiy qarindoshlarining agnostisizmi (notarixiyligi)ni yengish, inson va jamiyatni til strukturalari yordamida obyektiv bilishga urinishda yuzaga keluvchi jumboqlarni aniqlash va o’rganishga harakat qildilar. Poststrukturalizmda hamma narsa teng huquqli, bir xilda muhim va qimmatlidir. Bu yerda dielektrik oppozisiya tamoyiliga ko’ra tuzilgan odatdagi kategoriyalar apparati: mohiyat – hodisa, shakl – mazmun, sabab – oqibat va hokazolar o’z ma’nosini yo’qotadi. Hodisa – mohiyatni aniqlash emas, u o’ziga to’q va faqat o’zini, hayot rang-barangligi qirralaridan birini ifoda etadi. Hayotning rang-barangligini esa faqat birortasi ham imtiyozli holatda bo’lishi mumkin bo’lmagan bilish subyektlari pozisiyalarining ko’p sonliligi bilan anglab yetiladi. Poststrukturalizm o’ziga azaldan xos bo’lgan omillarning tabiiy davomi hisoblanib, nazariy harakat sifatida strukturalizm tanqidi tarzida to’rt asosiy yo’nalishda rivojlanadi: - strukturaviylik muammosi; - belgililik muammosi; - kommunikativlik muammosi. 2 Августин \\ Всеминаря энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177. 11 Кант И. Критика чистого разума. Соч. – М.: АГРАФ, 1992. – С.159. 11 Қаранг: Фейерабенд П. Очерк анархистской теории познания. – М.: АСТ, 1996. – 156-б. Download 97.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling