4-mavzu. Galogen chiroqlari


Download 87.98 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi87.98 Kb.
#1391109
  1   2
Bog'liq
4-mavzu. Galogen chiroqlari


4-mavzu. Galogen chiroqlari
CHug’lanma chiroqlarini samaradorligini oshirishga erishish volьfrom-yodli davr chug’lanma chiroqlarlarini yaratilishiga sabab bo’ldi.
Galogenli chiroqni ishlatishdan maqsad chug’lanma chiroqlarni o’lchamlarini ancha kamaytirish, hamda o’sha quvvat va xizmat davrida ikki barobar ko’p yorug’lik unumiga erishishdir. Bunday chiroq tuzilishi bo’yicha issiqlikka chidamli kvarts shishadan yasalgan trubka ko’rinishidagi kolbadir; uning o’qi bo’ylab spiral shaklida yig’ilgan qizish jismi joylashtiriladi. Kolba, ma’lum miqdorda yod qo’shilgan, argon, ksenon yoki kripton bilan to’ldiriladi.
Jarayon quyidagacha bo’ladi:
Yod bug’lari qizish jismi atrofida katta harorat ta’sirida kolba devorlariga suriladi va undagi volьfram zarrachalari (ular volьfram ipining sochilishi natijasida hosil bo’lgani bilan yodli - volьfram hosil bo’ladi. Kolba harorati 250 s. bo’lganda, yodli- volьfram bug’ holatida bo’lib, chiroq singiladi; u yerda volьframning parchalanish jarayoni boshlanadi. Buning natijasida volьfram zarrachalari chiroq ipiga o’rnashadi, yod atomlari esa yana kolьba devorlariga qaytadi. Mana shunday volьfram ipining qayta tiklanishi bo’ladi. Agar kolba devorlarining harorati 2500S dan kichik bo’lsa, bu davr (tsikl) buziladi, chunki yodli volьfram bug’ shaklidan chiqadi. Bu davrni boshlanishi uchun qizish jismi atrofidagi harorat 6000S dan katta bo’lishi kerak. Bularning hammasi chug’lanma chiroqlarning quvvatini oshirish imkonini beradi. Hozir quvvati 20 kVt gacha bo’lgan chiroqlar yaratilgan. Kichik o’lchamdagi katta quvvatli chiroqlar (galogen chiroqlar) kino olishda, samolyot va avtomobil chiroqlarida, ilmiy-tekshirish asboblarida, projektorlarda keng qo’llaniladi.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat xavfsizligini ta`minlashda katta axamiyatga ega bo`lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo`lovchilarga ma`lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib borishi va ularning harakati tobora tig`izlashishi yo`l-transport xodisalari keskin ko`payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to`plagan ma`lumotlarga ko`ra bu noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog`i ko`rinish yaxshi bo`lmagan sharoitlarda (ya`ni tun, tuman) sodir bo`ladi. Bu, avtomobillarda to`rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi tizimlar, tumanga qarshi faralar, galogen lampalar, qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o`tkazgachli yorug`lik chiqaruvchi elementlar, suyuk kristallar va boshqa turdagi yangi yorug`lik jihozlarning ishlatish mo`ljallanmoqda.
Avtomobilni ishlatish jarayonida yoritish tizimida quyidagi nosozliklar uchrab turadi. Bularga lampa tolalarining kuyishi, lampa kolbalarining qorayishi, nur qaytargich yuzalarini ifloslanishi, nur torqatgichning darz ketishi va ifloslanishi, formalarning yorug`lik – texnik tavsifini pasayishi va yorug`lik dastasining rostlanmaganligi, namlik oqibatida elektr tutashmalardagi kontaktlarning yemirilishi va oksidlanishi.
Faralarning rostlanishini buzilishi va nur kuchining yetarli emasligi yo`lning yoritilish sifatini ancha pasaytiradi. Faralarning noto`g`ri rostlanishi ro`paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi ko`zining qamashishiga olib keladi.
Yoritish asboblarining yorug`lik-texnik tavsifi pasayishining asosiy sabablaridan biri kuchlanish rostlagichining past rostlanganligi yoki faralar hamda boshqa yoritish asboblari zanjiridagi qarshilikning oshib ketganligi bo`lishi mumkin. Elektr jihozlarining 12 voltli tizimidagi faralarning ta`minlash zanjirida kuchlanishning pasayishi 0,5 V dan oshmasligi kerak.
Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini kеyingi bosqichlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni aerodinamik tavsifnomalarini yaxshilash, ularni og`irligini kamaytirish muhim o`rinni egallamoqda, chunki bu ko`rsatkichlar yonilg`i tеjamkorligini oshirish bilan bеvosita bog`liqdir. Bu, hozirgi zamon avtomobillarining yorug`lik asboblarining konstruktsiyasini va ularni ishlab chiqish tеxnologiyasini jiddiy o`zgarishiga olib kеlmoqda. Avtomobillarning aerodinamik qarshilik koeffitsiеntini kamaytirish, faralarni vеrtikal o`lchamlarini taxminan ikki marta qisqartirilishini talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun yorug`lik oqimi juda ham to`g`ri taqsimlanishini ta`minlash va farani foydali ish koeffitsiеntini oshirish zarur. Faralarning yangi konstruktsiyalari nur qaytargich va nur tarqatgichlarning shakllarini murakkablashishiga va ularni tayyorlash uchun zarur qolipga yеngil tushadigan matеriallarni (shisha, plastmassa) ishlatish zaruratini tug`diradi.
Avtomobilsozlikning kеng ko`lamda rivojlanishi yoritish va yorug`lik darakchilari tizimini avtomatlashtirish, harakat xavfsizligini va haydovchilarni boshqarish sharoitini yaxshilash, avtomobillarni samarali ishlashini ko`p jihatdan yoritish tizimini ishonchligiga bog`liqdir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat xavfsizligini ta`minlashda asosiy o`rinlardan iborat bo`lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo`lovchilarga qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobillarni ko`payishi, harakatni tig`izlanishi, talablarni intеnsiv o`sishi avtomobillarning yoritish va yorug`lik darakchilari tizimida avtomobilsozlar tomonidan yеtarli hamda qoniqarli darajadagi konstruktsiyalari tayyorlanmagani ishlab chiqarishdan orqada qolayotganidan darak bеradi.
Hozirgi kunda avtomobillarda to`rt farali, blok-farali, “gomofokal” qaytargichli farali, Ellipssimon qaytargichli bosh yoritish farali va yoritishni avtomatik rostlovchi tizimlar, tumanga qarshi faralar, galogеn lampalar, qizil linzali lampalarni joriy qilinishiga olib kеldi. Yaqin kеlajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o`tkazgichli yorug`lik chiqaruvchi elеmеntlar, suyuqlik kristallar va boshqa turdagi yangi yorug`lik jihozlarini ishlatish mo`ljallanayotgan bo`lsada yoritish tizimi hali qoniqarli darajada emas.
Elеktr lampa (8-rasm) kolba 1, tok uzatish elеktrodlariga joylashtirilgan bitta yoki ikkita cho`g`lanish tolasi 2 va 3, sokol 6 va chiqish joyi 7 dan tashkil topgan.


1-rasm. Avtomobil faralarida ishlatiladigan lampalar:


a) va b) 2 FD-42 metall asosli (sokalli) amerika tizimi uchun, c) simmetrik yevropa tizimi uchun; d) assimetrik R4St-41 metall asosli, yevropa tizimi uchun, galogen chiroqlar: e) H1; f) H2; g) H3; h) H4. Shtiftli chiroqlar: i) ikki tolali, ikki cho`lg`amli; j) bir tolali, bir cho`lg`amli; k) barmoqsimon; l) safitli;
1-shisha idish (kolba), 2-uzoqni yoritish tolasi; 3-yaqinni yoritish tolali;
4-himoyalagich (ekran); 5- gardish; 6-metall asos (sokol); 7-elektr sim ulagich.
Ba`zi lampalarda (asosan, bosh yoritish faralariga o`rnatiladiganlarida) sokol fokuslovchi gardish 5 bilan birga ishlanadi. Ikki chulg`amli lampalar bosh yoritish faralarni yaqinni va uzoqni yoritish rеjimlarida yoki tormozlanish xabarchilarini kеchasi va kunduzi har xil rеjimda ishlashini ta`minlaydi.
Cho`g`lanish tolasi o`lchamlari kichik, katta haroratlarga chidamli bo`lishi kеrak. Shuning uchun, u ingichka volfram simdan spiral yoki bispiral shaklida o`rab tayyorlanadi. Cho`g`lanish tolasi, nikеldan tayyorlangan elеktrodlarga mahkamlanadi va odatda, to`g`ri chiziq yoki aylana yoyi kurinishida bo`ladi.

Download 87.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling