4-Mavzu: Gorizontal xamda qiya snrtga tushuvchi to’ri, diffuz xamda umumiy quyosh nurlanishining kunlik umumiy ko’rsatgichlari Reja


Download 23.23 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi23.23 Kb.
#1253479
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

2.Er atmosferasining tarkibi.
Atmosfera (yunoncha atmos– bugʻ va sfera) – yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun masalan-sasining taxminan. 50 % yer sirtidan 5 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda, qolgan 50 % esa 30 – 35 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning zichligi YU-3 g/sm³ boʻlsa, taxminan. 700 km balandlikda 10-16 g/sm³. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta-sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadigan radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan vaqtga qaraganda kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon (0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda metan, azot, oksid, uglerod (I)-oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori oʻzgarib turadi.
3.Quyoshning og‘ishi va ekliptikasi. Quyosh soat burchagi. Quyosh atrofida Erning elliptik ravishda aylanishi.
Quyoshning yulduzlar oralab g‘arbdan sharqqa tomon ko‘- rinma (haqiqiy emas!) siljishi, eslatilganidek, juda qadimdan se- zilgan. Bu siljish har sutkada salkam 1° bo‘lib, Quyosh bir yilda osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari orqali Yer atrofida bir marta to‘la aylanib chiqadi. Quyoshning yillik ko‘rinma bu yo‘li katta aylana bo‘lib, u ekliptika deb yuritiladi. Yil davomida, sistemali ravishda, tush paytida, Quyoshning zenitdan uzoqligini ma’lum bir joydan turib o‘lchash, uning osmon ekvatoridan og‘i- shi +23°26D dan D23°26D ga qadar o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bun- dan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligi □= 23°26Dga teng ekanligi ma’lum bo‘ladi (11- rasm).
Ekliptika tekisligiga tik qilib o‘tkazilgan osmon sferasining diametri ППП — ekliptika o‘qi deyiladi. Ekliptika o‘qining osmon sferasi sirti bilan kesishgan nuqtalari ekliptikaning shimoliy П (shimoliy yarim shardagisi) va janubiy ПО (janubiy yarim shar- dagisi) qutblari deb ataladi. Ekliptika qutblari orqali o‘tuvchi katta aylanalar yoritgichning kenglik aylanalari deyiladi.
Quyoshning yillik ko‘rinma harakat yo‘li bo‘ylab joylashgan yulduz turkumlarining sohasi, eslatilganidek (I bob, 4- §), zodiak soha deyiladi. Bu sohada joylashgan 12 yulduz turkumi — Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi, Dalv nomlari bilan yuritiladi.
Quyoshning yulduzlar fonida yillik ko‘rinma harakat qi- lishi, aslida, Yerning Quyosh atrofida yillik haqiqiy harakati tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham Quyoshning yillik ko‘rinma harakati tekisligi Yer orbita tekisligi bilan ustma-ust tushadi. Binobarin, ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘maligi — Yer ekvatorining o‘z orbita tekisligiga og‘maligi bilan bir xil bo‘ladi.
Yoritgichning to‘g‘ri chiqishi, odatda, osmonning sutkalik aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda o‘lchanib, soat, minut, se- kundlarda ifodalanadi. O‘lchanish chegarasi 0 soatdan 24 soatga- cha bo‘ladi. Yoritgichlarning og‘ishi esa, yoy graduslari, minutlari va sekundlarida o‘lchanib, 0 gradusdan ±90 gradusgacha (minus ishorasi janubiy yarim shardagi yoritgichlar uchun) o‘lchanadi. Yulduz xaritalarini tuzishda aynan shu koordinatalar asos qilib olinadi.
Ekvatorial koordinatalar sistemasida yoritgichlarning koor- dinatalaridan yana biri — soat burchagi (t) deyilib, osmon meri- dianining janubiy qismi bilan osmon ekvatorining kesishgan nuqtasi (Q) dan to yoritgichdan o‘tgan og‘ish aylanasining ekvator
bilan kesishgan nuqtasi (K) gacha bo‘lgan yoy (QK) yoki markaziy burchak □ QOK bilan o‘lchanadi. Yoritgichning soat burchagi t ham soat, minut va sekundlarda o‘lchanadi (13-a, b rasmlar). O‘lchanish chegarasi 0 soatdan ±12 soatgacha, yoki ba’zan 0 soatdan 24 soatgacha bo‘ladi.
Vaqt bo‘yicha soatlar, minutlar va sekundlarda ifodalangan ma’lum burchakni (yoxud yoyni) yoy graduslari, minutlari va se- kundlariga (yoki aksincha) o‘tkazishda ushbu jadvaldan foyda- laniladi.

Download 23.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling