4-mavzu: Idrokni eksperimental tekshirish metodikasini o’tkazish 1-topshiriq«Grafik diktant»


Download 71.42 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi71.42 Kb.
#143079
Bog'liq
4-amaliy


4-mavzu: Idrokni eksperimental tekshirish metodikasini o’tkazish

1-TOPShIRIQ«Grafik diktant» metodikasini o’tkazish

Ushbu metodika ixtiyoriylikni rivojlantirish diagnostikasi uchun xizmat kiladi (eshitish, tushunish malakasi va kattalar kursatmasini anik bajarish, koida asosida ishlash, namunali kullash). Individual xamda guruxiy shaklda utkazish mumkin.

Katak daftar varogidan foydlaniladi.

Topshiriking bajarilishi.

Kursatma: «Xozir siz bilan turli nakshlar chizilishini urganamiz. Chiroyli va tartibli chizishga xarakat kiling. Buning uchun meni diqqat bilan eshitishga xarakat qiling - men qaysi tomonga va necha kattakka chizik chizishingizni aytib turaman. Fakat men aytgan chizikni chizing. Katakka chiziq chizib bulgach, endi kaysi yunalishda chizishingizni aytishimni poylab turing. Xar bir yangi chizikni oldingisi tuxtagan joydan davom ettiring. Bunda kalamni kog‘ozdan uzmang. O‘ng qo‘l qaysi, buni xamma biladimi? O‘ng qo‘l qalamni ushlab turgan qo‘lingiz. (xonadagi aniq orientir ko‘rsatiladi, ya’ni o‘ng tomondagi eshik yoki deraza ko‘rsatiladi). Demak, o‘ng tomonga chiziq chizing deganimda, 1 katak eshik tomonga qarata chizasiz (katak chizilgan doskaga chizib ko‘rsatiladi.) Endi qo‘limni chiziqdan olmay, 2 katak tepaga, so‘ngra 3 katak o‘ng tomonga chizaman (doskada chiziladi).»

Shundan so‘ng naqsh chizildi: “1- naqshni chizishni boshlaymiz. Eng yuqori nuqtaga qalamingizni qo‘ying. Diqqat! Quyidagicha chizamiz: 1 katak pastga, qalamni qog‘ozdan uzmang. Endi 1 katak o‘ngga, 1 katak tepaga, 1 katak o‘nga, 1 katak pastga, 1 katak o‘ngga, 1 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, 1 katak pastga. Endi xuddi shunaqa naqshni chizishni davom ettiring.”
















Mustaqil ishlash uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Metodika o‘tkazish vaqti 15 daqiqa. Psixolog ishni borishini kuzatib turadi va tekshiruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘irlab boradi. Diktovka sekin, uzun pauzalar saqlab amalga oshiriladi.

Keyingi naqshni chizishga kirishamiz. Psixolog tekshiruvchilarga murojaat qiladi: “endi qo‘limizni keyingi niqtaga qo‘ying. Tayyorlaning! Diqqat! 1katak yuqoriga,1katak o‘ngga, 1katak yuqoriga,1katak o‘ngga, 1 katak pastga, 1 katak o‘ngga, 1katak pastga, 1 katak o‘ngga, 1 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga endi xuddi shunday naqshni chizishni davom ettiramiz ”.

Endi 3-naqshni chizishga kirishamiz: Diqqat! 3 katak yuqoriga, 1katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak o‘ngga 2 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, 3 katak pastga, 1 katak o‘nga, 2 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak o‘ngga, 3 katak yuqoriga. Endi shu naqshni chizishni o‘zingiz davom ettiring

Eng oxirgi naqshni bajarishdan oldin psixolog tekshiruvchilarga quyidagi so‘zlar bilan murojat qiladi: “qalamni eng pastki nuqtaga qo‘ying. Diqqat! 3 katak o‘ngga, 1 katak tepaga, 1 katak chapga (chapga so‘ziga aloxida urg‘u beriladi), 2 katak yukoriga, 3 katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak chapga (chapga suziga yana urgu berib aytiladi).1 katak pastga, 3 katak o‘ngga, 1 katak yukoriga, 1katak chapga, 2 katak yuqoriga. Endi naqshni chizishni davom ettiring. ”

Natijalar taxlili

Topshiriqni bajarish natijalarini taxlil kilishda:

a) diktovka ostida xarakat kilish va naqshni mustaqil davom ettirish aloxida baxolanadi. Bolalaning diqqat bilan eshitish malakasi va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga chalg‘imasdan psixolog ko‘rsatmalarini aniq bajara olishi baxolanadi;

b) o‘quv ishlarida bolaning mustaqilligi darajasi aloxida baxolanadi.



Topshiriqni bajarish darajalari:

  1. Yuqori daraja. Ikkala naqsh (mashq xisobga olinmaydi) diktovkaga butunlay mos bo‘lsa. Ulardan bittasida aloxida xatolar uchrasa.

  2. O‘rtacha darja. Ikkala yuqori naqsh xam qisman diktovkaga mos kelsa. Xatolar xam bor: birinchi naqsh xatosiz, ikkinchisi diktovkaga mos kelmasa.

  3. O‘rtacha-past daraja. Bitta naqsh qisman diktovkaga mos, ikkinchisi umuman noto‘g‘ri bo‘lsa.

  4. Past daraja. Ikkala naqsh xam mos kelmasa.



TOPShIRIQ


Download 71.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling