4-Mavzu. Ijtimoiy psixologiya o’rganadigan asosiy masalalar reja


Aniq va to’g’ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi


Download 104.5 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1494795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar (1)

Aniq va to’g’ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi
1. Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor to’qnashgan odamlarda bir-birlari haqida faqat birlamchi tasavvurgina hosil bo’lishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilar talabalarga boshqa talabalarga baho berish topshirig’ini berishgan. Baholar birinchi to’qnashuv natijasiga ko’ra, bir haftadan keyingi qayta to’qnashuv natijasida va ikki haftadan keyin tekshirilgan. Ma’lum bo’lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bo’lar ekan.
2. Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan unda o’sha odam haqida muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni qayta qurish, o’zgartirish ancha mushkul. 3. Normal intellektning bo’lishi. Intellekt juda yuqori bo’lganda ham, juda past bo’lganda ham boshqa odamni to’g’ri tushunish qiyin.
4. Maxsus tayyorgarlikning bo’lishi. Mutaxassislar 5-kursda o’qiyotgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshqalarga bergan baholarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo’lib chiqqanining guvohi bo’lishgan.
5. Hissiy holatning ta’siri. Nurrey degan olimning tadqiqotlarida turli emosional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni baholash topshirig’i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib, boshqa odamning rasmini baholashni tavsiya etishganda, baholanayotgan shaxsda johillikka yaqin sifatlar ham borligi aytilgan. Yaxshi emosional holat boshdan kechirilayotgan seriyada esa o’sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
6. Shaxsning ochiqligi. Kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, pismiq odam baholari o’rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo’lishini ta’minlaydi. Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan shug’ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo’lg’usi psixologlar uchun muhimki, ular o’z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o’tkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to’g’ri tushunish malakasi talab qilinadi.
Bir so’z bilan aytganda, bu muloqotdagi bilimdonlikdir. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noyob usuli bor, u ham bo’lsa, ijtimoiy-psixologik treningdir. Trening usulining ijtimoiy-psixologik mohiyati shuki, bu usul orqali odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o’zini to’g’ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, trening muloqotga o’rgatishdir. To’g’ri, odam kishilar jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida turli muloqot shakllariga o’rganib, o’zida ma’lum muloqot malakalarini shakllantirib boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga qaratilgan holda ham hosil qilinishi mumkin.
Oxirgi holat hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to’g’ri moslashishiga yordam beradi. Bu narsa insonda, Yu.N.Yemelyanov ta’biri bilan aytganda, ijtimoiy aql-zakovatning shakllanishiga olib keladi. Ijtimoiy aql-zakovatga ega bo’lgan shaxs o’zini ham, o’zgalarni ham, ularning o’zaro munosabatlarini ham to’g’ri anglaydi hamda turli muloqot shakllarini bashorat qila oladi. Ana shunday aqlning bo’lishi uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni allaqachon taklif qilib chiqishgan.
Shunday maqsadlarda G’arbda mashhur bo’lgan T-guruhlar tashkil etilib,unga ixtiyoriy muloqot jarayonida ma’lum qiyinchiliklarni his qilayotgan shaxslar taklif etiladi. Ijtimoiy-psixologik treningning asosiy metodlariga guruhiy munozaralar, rolli o’yinlar va psixologik sezgirlikni oshiruvchi treninglar kiradi. T-guruh a’zolari odatda 7 kishidan 15 kishigacha bo’lib, mashg’ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. T-guruhning ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan, odamlar o’rtasida iliq o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib, shaxsda birovni tushunishga intilish, uning manfaati yo’lida o’z qarashlarini ham qayta analiz qilish ehtiyojini paydo qiladi. Ikkinchidan, T-guruh a’zolari o’rtasida shunday umumiy “psixologik til” paydo bo’ladiki,ular tez orada o’zgalarni va o’z hiskechinmalarini anglabgina qolmay, balki bir-birlariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Ularda muloqot mobaynida o’zini “o’zgalar” o’rniga qo’yish, ularning ichki olamini to’g’ri tushunish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi mashg’ulotlar muloqot jarayonining turli murakkab qirralaridan tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo’yicha ham ishtirokchilarni chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning tub ma’nosini tushunishga erishadilar.
Masalan, “xayr, yaxshi qoling” iborasini uning qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab, suhbatdoshning “yashirin” niyatlarini o’qib olish va shunga ko’ra harakat qilishga o’rgatadi.

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling