4-mavzu. Inflatsiya va inflatsiyaga qarshi siyosati
Download 45.37 Kb.
|
4-MAVZU. INFLATSIYA VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholar ikki martaga 70 oshishi uchun zarur = ---------------- yillar soni π
- 4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi. Talab inflatsiyasi
P-P-1 π = ----------
P-1 bunda: π– yillik inflatsiya sur‘ati; P - joriy yilning narxlar indeksi; P-1 - o`tgan yilning narxlar indeksi. Inflatsiyani miqdoran o`lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o`sishi sharoitida inflatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflatsiya darajasiga bo`lish kifoya: Baholar ikki martaga 70 oshishi uchun zarur = ---------------- yillar soni π Misol uchun, yillik inflatsiya darajasi 7 % ga teng bo`lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya‘ni, (70:7 = 10). Real YaIM va jamg`armaning necha yildan so`ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo`lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. 4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi. Talab inflatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo`lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya‘ni, to`liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o`sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko`payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so`zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to`liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur‘atlari kabi ko`pgina omillarga bog`liq. Iqtisod pasayish holatida bo`lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko`payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o`zgarmaydi yoki kam miqdorda o`zgaradi. Baho o`zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo`sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o`zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo`ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o`zi kifoya hamda qo`shimcha stanok sotib olishga hojat yo`q. Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to`la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya‘ni, ba‘zi sanoat korxonalarida bo`sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to`liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o`sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko`payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi. Download 45.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling