4-Mavzu: Investitsion muhit va investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llari. Reja


Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi?


Download 36.82 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1384781
1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzuA

Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi?

– Oʻtgan 5 yil davomida Oʻzbekistonda bir qator oʻzgarishlar kuzatildi, bugun mamlakatimiz biznes va investitsiyalar uchun turli koʻrinishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasida ochiqlik, novatorlik va qatʼiyat timsollaridan biriga aylanib bormoqda.
Valyuta kurslarining bir nechtaligi bartaraf etilib, investorlar uchun valyuta mablagʻlarini banklar orqali toʻsiqsiz konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi. Valyuta rejimini yanada soddalashtirish maqsadida Oʻzbekistonning barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun eksportdan valyuta tushumlarini majburiy sotish tartibi bekor qilindi. Valyuta siyosatini liberallashtirish – biznesni rivojlantirish, chet el valyutasi aylanmasini, eksport va import hajmini oshirish, investitsiyalar oqimini koʻpaytirish va umuman iqtisodiyotni koʻtarish uchun ulkan turtki boʻlib xizmat qiladi.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan tartib-qoidalarni takomillashtirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda.
Iqtisodiyotning davlat sektorlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi, energetika sektori, togʻ-kon sanoati va aviatsiya tarmoqlari optimallashtirildi. Davlat aktivlarini boshqarish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha alohida agentliklar, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalari tashkil etildi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotning asosiy sektorlari, shuningdek, butun hukumat faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va investorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini alohida qayd etib oʻtish joiz.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi ikkita Qonun qabul qilingan boʻlib, bu avval qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish va Oʻzbekistonga investitsiya kiritish shartlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni samarali implementatsiya qilish maqsadida davlat hokimiyati organlari va investorlar oʻrtasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar hamda tijorat banklari rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat 4 bosqichli oʻzaro hamkorlik mexanizmi muvaffaqiyatli tashkil etilgan boʻlib, bu investorlarning barcha soʻrovlariga tezkorlik bilan javob qaytarish va yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini munosib tarzda nazorat qilish imkonini berdi.
Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari va huquqini himoya qilishning mavjud huquqiy vositalari bilan bir qatorda, davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish davom ettirilmoqda. Soʻnggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin.
Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro samarali hamkorligi tufayli Oʻzbekiston IHTTning «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi»ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT oʻrtacha koʻrsatkichlari darajasidagi koʻrsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi.
Ishonchimiz komilki, Oʻzbekiston erishayotgan natijalar investorlar uchun yaxshi daʼvat boʻlib xizmat qiladi.

  1. – 
    Download 36.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling