4-Mavzu: Investitsion muhit va investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llari. Reja


Mart oyida mamlakatimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumdan qanday natijalar kutilmoqda?


Download 36.82 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1384781
1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzuA

Mart oyida mamlakatimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumdan qanday natijalar kutilmoqda?

– Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyoning xalqaro investitsiya bozoridagi rolini oshirish strategiyalarini muhokama qilish uchun mintaqadagi eng yirik xalqaro maydonchaga aylanadi. Asosiy xalqaro tadbirlar jadvalini inobatga olib, forumni qariyb 2 ming nafar xorijlik mehmonlarni jalb qilgan holda 2022-yilning 24-martidan 26-martiga qadar oʻtkazish maqsad qilingan.
Ikki kunlik dastur doirasida Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, shuningdek, jahondagi yetakchi kompaniyalarning ilgʻor innovatsion texnologiyalari va yechimlariga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilinadi. “Oʻzbekiston: investitsiyalar va innovatsiyalar uchun mintaqaning yangi maskani”, “Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik”, “Mintaqaviy savdo va infratuzilma”, “Industriya 4.0”, “Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyati” kabi beshta yoʻnalish boʻyicha tuzilgan 26 ta sessiyalar, davra suhbatlari va biznes-nonushtalar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Forumni Oʻzbekiston uchun sifat jihatdan yangi darajada, ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq tarzda tashkil etish, dasturni yalpi, mavzular boʻyicha yigʻilishlar va tarmoq sessiyalarida jonli muhokama va munozaralar bilan boyitish maqsadida professional xorijiy kompaniyalar jalb etiladi.
Ayrim xorijiy kompaniyalarga ularning tajribasi va ixtisosligini inobatga olgan holda muayyan sessiyalarni biriktirish rejalashtirilgan. Bunda tadbirga jalb qilingan barcha kompaniyalar tomonidan media va piar koʻmak taqdim etiladi. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining shu kabi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tajribasini inobatga olgan holda, bugungi kunda YETTB, XMK, AmCham, EUROUZ va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlari uchun ochiqlik tarafdori ekanini namoyish etadi, Markaziy Osiyo uchun yangi xalqaro platformani yaratadi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanayotgan bozorida yangi oʻsish nuqtalarini topishdan manfaatdor boʻlgan yirik investitsion, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qiladi.
Forum yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi kutilayotgan boʻlib, yetakchi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi oshadi; ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan yangi yechimlar ishlab chiqiladi; iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun yagona bozor sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi
https://asr.gov.uz/news/3536
Download 36.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling