4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana15.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1667431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Islom ta’limotining asoslari. Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi 
Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega:
2
Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом 
университети”, 2007, 157 б. 
1
Қуръони Карим, 2-сура, 255-оят. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири Абдулазиз 
Мансурники. Тошкент ислом университети, 2007, 50 б. 
2
Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири Абдулазиз Мансурники. Тошкент ислом 
университети, 2007, 449 б. 
3
Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом 
университети”, 2007, 18 б. 


21 
1) kalima keltirish;
2) namoz o‘qish;
3) ro‘za tutish; 
4) zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat 
deb e’tirof etilgan. 
Imon 7 aqidani –
1. Allohga, 
2. uning farishtalariga, 
3. muqaddas kitoblariga,
4. payg‘ambarlariga,
5. oxirat kuniga, 
6. taqdirga va
7. o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z ichiga oladi. 
Islomda xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbonlik hayiti, aqiqa, mavlud, 
xudoyi, ashuro kabi o‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. 
Iymon so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, “La ilaha 
illallahu Muhammadun rasullulloh” (Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad 
uning payg‘ambari) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir.
Imonning etti sharti bor. Ular:
1) Allohning borligi va birligiga imon keltirish 
Quyidagi sura nozil bo‘lgan: 
Ixlos surasi. Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 
1. (Ey, Muhammad!) ayting: “U Alloh yagonadir. 
2. Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir. 
3. u tug‘magan va tug‘ilmagan ham. 
4. Shuningdek, Uning hech bir tengi yo‘qdir”.
1
2) Farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar nurdan yaratilgan 
bo‘lib, Allohning buyruqlarini so‘zsiz bajarib, amridan tashqari chiqmaydigan xos 
bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil, Azroil kabi farishtalar nomi Qur’onda zikr 
etilgan. Jabroil farishtaning vazifalariadan biri Allohning vahiylarini etkazish 
bo‘lgan. Qur’onda farishtalar haqida aytilgan, shuning uchun farishtalarga ishonish 
imonning shartlaridan biri. 
3) Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh taolo Muhammad payg‘ambarga 
Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling