4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU KORXONALARNING IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTINI IFODALOVChI
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = T 1 + M - T 2
- Shartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo‘shuv asosiy fondlarning amortizatsiyasidir
T
1 + M = R + T 2 Bu yerda: T 1 - sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga qoldig’i; M - joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi; R - joriy yilda sotilgan mahsulot hajmi; T 2 - sotilmagan mahsulotlarning yil oxirigabo‘lgan qoldig’i. Tovar balansining unsurlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq. Agar rejaga nisbatan yil boshiga bo‘lgan qoldiq ko‘p bo‘lsa, u holda sotish hajmi oshadi. Demak, sotish hajmining o‘zgarishiga tovar mahsulotini ishlab chiqarish va sotilmagan mahsulotlarning o‘zgarishi ta’sir qilar ekan. Endi yuqorida berilgan tenglikdan sotish jarayonini quyidagicha ifoda etish mumkin: R = T 1 + M - T 2 Mahsulot ishlab chiqarishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar - sof mahsulot, me’yoriy sof mahsulotlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sof mahsulot tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Me’yoriy sof mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy va qo‘shimcha ish haqini, ijtimoiy sug’urta uchun ajratmalar va me’yoriy foydani jamlash orqali aniqlanadi. Shartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo‘shuv asosiy fondlarning amortizatsiyasidir. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon - sotish rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bo‘lib qoldi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi, eng maqbuli 100 foizdir. Tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste’molchilarni zarur tovarlar xilma-xilligi bilan ta’minlash sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti bo‘yicha bajarilishi zarur. Korxona faoliyatiga to‘g’ri baho berishda mahsulotning xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son miqdorini hisobga olish usuli qo‘llaniladi. Mahsulot sifati deganda, uning barcha mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida mahsulot sifatini baholashda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mahsulot sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun iste’molchilargato‘lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta’mirlovchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, mahsulot sifatini tahlil qilish usullari tahlil qilinayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa mansub ekanligiga bog’liq ekan. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha dasturning bajarilishini tahlil qilish jarayonida mahsulotni bir maromda ishlab chiqarishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq yetkazib berish va sotishni o‘z vaqtida ta’minlash tushuniladi. Bir maromda mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan ko‘rsatkichi bir me’yorda ishlash koeffitsienti hisoblanadi,u jadval bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilgan kunlarni umumiy ish kunigabo‘lish bilan aniqlanadi, odatdaoy hisobida. Tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishi ko‘pgina omillarga bog’liq. Shuning uchun tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish jarayonini osonlashtirish uchun ular ma’lum iqtisodiy belgilariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: 1.Mehnat omillari. Bu omillar tarkibiga korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kabi masalalar kiradi. 2.Mehnat vositalari omillari. Bularga korxonalarning asosiy fondlar bilan ta’minlanishi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi singari masalalari kiradi. 3.Mehnat buyumlari omillari. Bularga korxonalarning xom ashyo va materiallar bilan qay darajada ta’minlanganligi, moddiy-texnika ta’minotining holati va moddiy resurslardan foydalanish samarasi kabi masalalar kiradi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling