4-мавзу: Ўлчаш. ЎЛчашноани. 0+Ликлари
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
6-taqdimot 091d56a9784c4bdc42d5f3b33899e9b4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash
mаsаlаlаrini hаl qilish lоzim:
• mаhsulоtni bеlgilаngаn sifаtdа ishlаb chiqаrish uchun ishlаb chiqаrishni tехnik jihаtdаn to’liq tаyyorlаsh; • хоmаshyo, mаtеriаllаr, yarimfаbrikаtlаr, butlоvchi qismlаrni kеltrish nаzоrаtini tаshkil qilish; • ishlаb chiqаrishni yangi nаzоrаt vа sinаsh vоsitаlаri bilаn tа’minlаsh; • аlоhidа tехnоlоgik jаrаyonlаrning sifаtini bаg’оlаsh; • mа’lum hаjmdаgi mаhsulоt sifаtining nаzоrаtini dаvriy rаvishdа o’tkаzib bоrish; • mеhnаt vа mаhsulоt sifаtini bаhоlаsh; • mаhsulоt sifаtini kоrхоnа vа dаvlаt аttеstаtsiyasidаn o’tkаzish; • tаlаb qilingаn mutахаssis хоdimlаrni bаhоlаsh; MSB (mаhsulоt sifаtini bоshqаrish) sаmаrаli ishlаshi uchun ахbоrоtning tаrkibini vа hаjmini, uni yig’ish vа qаytа ishlаsh tаrtibini аniqlаsh; Mаhsulоtning bеlgilаngаn sifаtigа erishishni tа’minlоvchi tаshkiliy – tехnik tаdbirlаrni аmаlgа оshirish. 4. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash Ba’zan biror maxsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida xar xil qalinlikdagi chiziklar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix - kod nomi berilgan, shtrix kodlash nima va qachon paydo bo’lgan? Shtrix - kodlardan maxsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSh ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish 60-yillardan boshlangan. 1973 yil AQSh da maxsulotning universal kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash tizimi EAN (European Article Numbening) ta’sis etildi va xozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda xam keng ravishda foydalanilmoqda. Asosan EAN ning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi: 13- razryadli va 8- razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) iki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi. (16.1 va 16.2 rasmlar) EAN asosida turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo’lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda lisenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gresiya - 520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Maxsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u xam bitta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u maxsulotga taalluqli bo’lgan va shu maxsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi xam mumkin. Tovarning shtrix kodi o’ziga xos ma’lumot manbai bo’lib, undan tovarning qaysi davlatda tayyorlanganligi, qaysi korxona ishlab chiqarilganligi va tovar haqidagi boshqa ma’lumotlarni aniqlab olish mumkin. 13 ta raqamdan iborat 8710335230431 shtrix kodning birinchi ikki raqami – tovarning Niderlandiyada tayyorlanganligini, keyingi 5 ta raqam 10335 – tovar ishlab chiqarilgan firmaning bu mamlakatda ro’yxatga olingan nomerini anglatadi. Keyingi 5 ta raqam 23043 – tovarning xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Oxirgi raqam 1 esa tovar kodining nazorat raqamidan iborat. Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi : • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi; • ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizasiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi; • resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi; • hujjatlar aylanishini qisqartiradi; • mahsulotni realizasiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma`lumotlarni muntazam ravishda yig`ishni yo`lga qo`yish mumkin; • boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma`lumotlarni tavsiya etish. Tovarning kodi yordamida uning qalbaki yoki haqiqiy ekanligi quyidagi sodda arifmetik hisob kitoblar yordamida bilib olish mumkin. Buni yuqoridagi tovar kodi misolida ko’rsatamiz 1)chapdan o’ngga tomon juft o’rinda turgan raqamlar qo’shib chiqiladi: 7+0+3+2+0+3= 15; 2)chiqqan natija 3 ga ko’paytiriladi: 15 x 3 = 45 3)toq o’rinda turgan oxirgi nazorat raqamida tashqari raqamlar qo’shib chiqiladi: 8+1+3+5+3+4=24; 4) 2-natija bilan 3-natija qo’shiladi: 45+ 24= 69 5)chiqqan sonning oxirgi raqami 10 dan ayriladi: 10-9 =1 6) oxirgi natija tovar kodining nazorat raqami bilan bir xil bo’lsa, tovar –haqiqiy, aks holda –qalbaki bo’ladi. E’tiboringiz uchun rahmat ! Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling