4-mavzu. Ma’lumotlarni xeshlash algoritmlari. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Ziddiyatlarni hal qilish usullari
Download 213.75 Kb.
|
MTA 4 мавзу Хешлаш 2020 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hesh so’zi ingliz tilidagi hash
- Bunday amal -heshlash(+tirish) deyiladi.
- 1.Teskari funksiyaning mavjud emasligi;
- F xesh-funksiya deb R kiruvchi elementlar to‘plamini manfiy bo‘lmagan butun sonlar to‘plami Z ga akslantirishga aytiladi
- Bu metod juda effektiv, elementlarni jadvalga joylash vaqti ham, qidiruv vaqti ham faqat xesh-funksiyani hisoblashga ketadi.
- Xesh-funksiyadan natija olish - “xeshlash” simvollar zanjiri ustida oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish hisobiga erishiladi.
- Kolliziya xolati
- Nazorat savollari
4-mavzu. Ma’lumotlarni xeshlash algoritmlari. Xesh jadval va xesh funksiyalar . Ziddiyatlarni hal qilish usullariHesh so’zi ingliz tilidagi hash so’zidan olingan bo’lib, chalkash ( putanisa) yoki aralashma (meshanina) ma’nosini anglatadi.REJA
Hesh so’zi ingliz tilidagi hash so’zidan olingan bo’lib, chalkash ( putanisa) yoki aralashma (meshanina) ma’nosini anglatadi
Bunday amal -heshlash(+tirish) deyiladi.Amalning natijasi (bitlar qatori)ga hesh yoki hesh kod yoki hesh-summa yoki ma’lumotlar yig’mi(cvodkasi ) deyiladi.Bunday funksiyalar kriptografiya va axborot xavfsizlik masalalarida keng qo’llaniladi.Hesh funksiya hossalari :1.Teskari funksiyaning mavjud emasligi;2.Kollizia holatining yo’qligi ;3.DeterminanlanganIik4. Natijaning tasodifligi.Joylashtirish usuli (xeshlashtirish) ma’lumotlar tuzilmasida element joylashgan o‘rinni tez aniqlashga yo‘naltirilgan usuldir. Joylashtirish usulida ma’lumotlar oddiy massiv sifatida ifodalangan bo‘ladi.
F xesh-funksiya deb R kiruvchi elementlar to‘plamini manfiy bo‘lmagan butun sonlar to‘plami Z ga akslantirishga aytiladi:
F(r)=n, rϵR, nϵZ.Turli A1, A2, A3 identifikatorlar uchun mos ravishda n1, n2, n3 xesh-funksiya qiymatlari to‘g‘ri kelsin. n1, n2, n3 adreslarga mos yacheykalarda A1, A2, A3 identifikatorlar haqida ma’lumot joylanadi. A3 identifikatorni qidirishda n3 adres qiymati hisoblanadi va tegishli jadval yacheykasidan ma’lumotlar tanlanadi.
Bu metod juda effektiv, elementlarni jadvalga joylash vaqti ham, qidiruv vaqti ham faqat xesh-funksiyani hisoblashga ketadi.
Xesh-funksiyadan natija olish - “xeshlash” simvollar zanjiri ustida oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish hisobiga erishiladi.
Kolliziya xolatiKolliziya ro‘y berishini butunlay oldini oladigan, yaxshi xesh-funksiyani qurish mumkinmi?
Bu metodga ko‘ra, A element uchun xesh-funksiya orqali hisoblangan h(A) adresi band bo‘lgan yacheykani ko‘rsatsa, unda n1=h1(A) funksiya qiymatini hisoblash zarur va n1 adresga tegishli yacheykani bandligini tekshirish kerak. Agar n1 ham band bo‘lsa, unda h2(A) qiymat hisoblanadi, shu tariqa bo‘sh yacheyka to’lguncha yoki hi(A) navbatdagi qiymat h(A) bilan mos kelgunga qadar davom etadi. Oxirgi holatda identifikatorlar jadvali to‘lgan va bo‘sh joy boshqa yo‘q, degan xatolik to‘g‘risida ma’lumot beradi.
hi(A) funksiyani hisoblashning eng oddiy metodi, uni hi(A)=(h(A)+pi)modNm asosida qurishdir, bu erda pi qandaydir bir hisoblangan butun son, Nm –identifikatorlar jadvalidagi elementlarning maksimal soni. O‘z o‘rnida eng oddiy usul pi ni o‘rniga i ni qo‘yish bo‘ladi. Unda quyidagi formulani olamiz hi(A)=(h(A)+i)modNm. Bu holda xesh-funksiyaning bir xil qiymatlariga mos kelgan identifikatorlarni joylash uchun bo‘sh yacheykani qidirish mantiqan xesh-funksiya h(A) ko‘rsatgan joydan boshlanadi.
Nazorat savollari
Download 213.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling