4-mavzu. Muhit tushunchasi Ekologiyada muhit


Download 23.12 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi23.12 Kb.
#1468611
  1   2   3
Bog'liq
4-amaliyot. Muhit tushunchasi


4-mavzu. Muhit tushunchasi
Ekologiyada muhit deb tirik organizmlarni o’rab turgan, uning holatiga, rivojlanishiga yashab qolishigava ko’payishiga bevosita ta’sir etadigan jamiki o’lik va tirik tabiat sharoitiga aytiladi. Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.). Muhit tushunchasi turli ma’nolarni anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar.
Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.
1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo.
2.Sun’iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo’lib, insonning mehnat mahsulidir.
Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud:
1.Suv muhiti
2.Havo muhiti
3.Tuproq
4.Tirik organizmlar
Muhit – hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir.
Muhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi uchinchi element esa oarganizm uchun zararli bo'lishi mumkin.
Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p va doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa o'zgaorib turadi va u o'ljaning oz-ko'pligiga bog'liq bo'ladi.
Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muhit» atamasi ham ishlatilmoqda. Tashqi muhit – tabiiy kuch va voqelikning yig'indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson faoliyatining turli ob'ektiv va sub'ektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan aloqada bo'lmasligi ham mumkin.
Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasining aynan o'zi bo'lib, ob'ekt yoki sub'ekt bilan to'g'ridan-to'g'ri munosib bo'ladi. Atrof muhit tushunchasini biologi olim Ya. Yaksol (1864-1944) ekologiyaga va uni qo'yidagicha ta'riflagan: «Tashqi dunyo», u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularni sezgi organlari, hayvonlarni harakat organlari orqali ta'sir qilib, maxsus hususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub'ekt huddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi mhitning u yoki bu xususiyati bilan bog'langan murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta'minlaydi.
«Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan.
Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha – yashash muhiti (sharoiti) – ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u erdagi ekologiyada to'rtta yashash muhiti farqlanadi:
1. suv
2. tuproq
3. yer-havo
4. tirik organizmlar tanasi
Turli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, o'simliklar ichida o'sib yurgan asalarini har xil qabul qilamiz. Bazi hayvonlarning sezgi organlari shunchalik kuchli bo'ladiki, ular insonlar qabul qla olmaydigan hidni, tovushni va boshqa tabiiy holatlarni qabul qiladilar.

Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling