4-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonning tashqi siyosati va diplomatiyasining mohiyati. Reja
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Download 274.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu (m O\'zDT) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. SHuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik faoliyatini tushunish uchun uning mazmuni va mohiyatini ko‘rib o‘tish lozim. Mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining asosini xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatdorlikka, insonparvarlikning yuksak tamoyillariga tayanish tashkil qiladi. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur tamoyillarga quyidagilar kiradi: Birinchidan, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va o‘zaro hurmat uning asosiy tamoyilidir. Agar mamlakatmiz rahbarining xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy va amaliy safarlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning hukumat boshliqlari va xalqaro tijorat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi natijasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarni kuzatadigan bo‘lsak, bu holatni ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, chet eldagi butun ilg‘or tajribani o‘rganish O‘zbekiston diplomatiyasining eng muhim tamoyillaridandir. Masalaning muhim tomoni shuki, xorijdagi butun ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘zlashtirish mamlakatimizning jahondagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy sohani o‘zlashtira borib, o‘z mustaqilligini uning eng jiddiy yo‘nalishi bo‘lgan iqtisodiyotda 5 mustahkamlamoqda. Dunyoning etakchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlari, banklari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalar qurilishi oqilona tashqi siyosat natijasidir. Uchinchidan, O‘zbekiston diplomatiyasining yana muhim bir tamoyili, har bir xalqaro bitimning mustahkam huquqiy zaminga ega bo‘lishi to‘g‘risida, tashqi iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan kelishib olish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishidir. SHu boisdan ham Oliy Majlisda xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday muammolar yo‘q. To‘rtinchidan, tashqi va ichki siyosatning, strategik va ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro va tashqi iqtisodiy bitishuvlarning o‘zaro bog‘liqligi – O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatiga singib ketgan samarali pragmatik tamoyilidir. Har bir muzokara, har bir tashrif, amaliy uchrashuv va xorijiy mehmonlarni qabul qilish, davlat boshlig‘ining har bir safari O‘zbekistonning suveren taraqqiyoti yo‘lidan isloh qilib borishdek G‘oyat muhim ishga foyda keltirishga qaratilgan. Aytish mumkinki, I.A. Karimovning diplomatik mentaliteti (ma’naviy salohiyati) xalqimizning milliy mentalitetiga tamoman mos keladi. O‘zbekiston diplomatiyasining o‘ziga xos xususiyati shuki, bizning mamlakatimiz xalqaro hamjamiyati uchun muammo keltirib chiqarayotgani yo‘q. Aksincha, mintaqaviy tinchlikni, siyosiy barqarorlikni mustahkamlashda, davlat chegaralarining daxlsizligini ta’minlashda o‘z imkoniyati darajasida faol ishtirok etishga harakat qilmoqda. Beshinchidan, O‘zbekiston tashqi siyosatining ustivor tamoyili ko‘p tomonlamalilikdir, chunki davlatimizning geosiyosiy ahvoli, tarixiy tajribasi va iqtisodiy ehtiyojlari shunday. U, eng avvalo, SHarqiy Osiyo – musulmon sivilizatsiyasiga mansubdir. Bizning tashqi siyosiy mayllarimiz O‘zbekistonning aksariyat ko‘p fuqarolariga juda yaqin bo‘lgan islom qadriyatlarini hisobga oladi. YUqorida ta’kidlangan ustivor tamoyillar asosida respublikamizning tashqi siyosati hamda diplomatik amaliyoti quyidagi prinsiplarga tayanadi: — milliy manfaatlarni hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash; — xalqaro maydonda o‘zaro tenglik, xavfsizlik va hamkorlik, inson manfaatlarining ustunligi prinsiplarini ta’minlash; — mamlakat tashqi siyosati o‘zaro manfaatli hamkorlik va boshqalarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslanishi; — tashqi siyosatimiz ochiqlik va mafkuraviy tazyiqlardan xoliligi; — jahon andazalariga mos keladigan huquqiy tizimga egaligi; — xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish tarafdori ekanligi. Shuni aytish lozimki, SH.M. Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab davlatmiz va jamiyatimiz rivojlantirishi mutlaqo yangi bosqichi ko‘tarildi. Ijtimoiy siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi tashqi siyosat va diplomatiya 6 sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, bu sohalarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator amaliy ishlar qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq 2018 yil 5 aprelda «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan Download 274.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling