4-mavzu. Ong taraqqiyoti va ongsizlik
Ongning uchinchi xossasiga
Download 51.39 Kb.
|
4-mavzu seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongning to’rtinchi xossasiga
- Odamning taraqqiy qilishida mehnatning roli
Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.
Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir. Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo’lgan. Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashashi mehnat jarayonida inson jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham o’zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan. Odamning taraqqiy qilishida mehnatning roli Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol o’ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan. Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo’ldan turli-tuman ishlarda foydalanishi tufayli odamzod qo’lining panjalari rivojlandi. Odam mehnat qilgan sayin so’zlashni o’rgandi, nutq, vujudga keldi, odam tilga kirdi, so’zlashni o’rgana boshladi, so’zlay berish munosabati bilan, nutq ila qilinadigan muomalada til taraqqiy eta bordi va mehnat bilan bir qatorda, odam bosh miyasi va ongining yanada o’zgarishi, takomillashuvi uchun asosiy faktor bo’lib qoldi. Odam miyasining nisbiy hajmi ham o’zgardi va ancha kattalashdi. Bosh miya po’stiniig yuzasi ham kattalashdi (2000 kv. sm), miyaning va miya po’stidagi ayrim qismlarning tuzilishi o’zgardi. Katta yarim sharlarning peshona va tepa bo’laklari ayniqsa takomil etdi. Odam miyasining peshona bo’lagi miya po’sti yuzasining taxminan 30 prosentini egallaydi. Bosh miya po’stining ensa bo’lagi odamda 12 prosentini egalladi. Odam miyasining po’stida yangi markazlar hosil bo’ldi, hayvonlarn ing miya po’stida esa bunday markazlar yo’q. Odam miyasining po’stida nutq markazlarining hosil bo’lishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. Odamda ikkinchi signal sistemasi vujudga keldi va tarkib topdi, ikkinchi signal sistemasining ishlashi odamdagi yuksak nerv faoliyatining hayvonlardagi yuksak nerv faoliyatidan farq qiladigan asosiy hususiyatidir. Odamda moddiy dunyo taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan ong taraqqiy qilib va o’zgarib bordi. Lekin ongning tarixiy taraqqiyoti biologik qonunlar bilan emas, balki ijtimoiy qonunlar bilan belgilandi. Kishilar ongi ijtimoiy hayot formalarining tarixiy o’zgarishlariga muvofiq ravishda taraqqiy qilib bordi. Jumladan, kishilar ongining tarixiy taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, ishlab chiqarish munosabatlarining o’zgarishiga va shu jamiyat ideologiyasiga qarab bordi. Download 51.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling