4-Mavzu. Oqimli ishlab chiqarishni tashkil etish
Download 21.28 Kb.
|
amaliy mashg\'ulot 6
2 -masala
Uzlukli harakatlanuvchi konveyer bilan jixozlangan tizimda buyumni yig’ish texnologik sikli davomiyligi 80 min.Tizimdagi ish o’rinlari soni 20 kishi Har bir ish o’rnida operatsiyani bajarish davomiyligi 3.5min, ish tartibi 8 soatdan 2smena,tanaffuslar vaqti smenada 30 min.Jarayon taktini, byumning ish o’rinlari orasidagi ko’chirilish vaqtini, sutkadagi ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 3- Masala Uzluksiz oqimli tizmda ishlov berish texnologik jarayoni quydagi 6 operatsiyadan tashkil topgan : t1-13.2min, t2=7.5min, t3-3.5min t4-5.25min t5-2.5min, t6-3.5min. Sutkalik ishlab chiqarish dasturi 250 dona. Ish tartibi 2 smena, smena davomiyligi 8 soat .Tizim taktini, ish o’rinlari sonini, ta’minlanganlik koeffisiyentini, operator ishchilar sonini aniqlang (tashkiliy sinxronlashtirishni e’tiborga olgan holda ) ichki zadellarini , texnologik sikl davomiyligini hisoblang. 4- masala Oqmli tizmida konveyer qadami 1.4 metr, tortuvchi barabanlar radiusi 0.44m konveyer lentasi harakat tezligi 4m/min,texnologik sikl davomiyligi 61.6min.Har bir operatsiyani bajarish davomiyligi buymni ko’chirish vaqtidan 10 marta uzun.Ish tartibi 8 soatdan 2smena tanaffus vaqti 25minut 1smenada.Tizim taktini, ish o’rinlari sonini, tizim uzunligini, sutkalik ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 5-masala Blokni yig‘ish ishchi konveerda amalga oshiriladi. t1-3.6min, t2=7.2min, t3-5.7min, t4-9min, t5-1.8min, t6-6.2min . Sutkalik ishlab chiqarish hajmi 500 dona. Smenalik koeffitsienti 2, smena davomiyligi 8soat, smena davomidagi tanaffuslar vaqti 20 min. Jarayon takti, ish o‘rinlari soni, yuklanganlik koeffitsienti, texnologik va transport zadellarini aniqlang. 6-masala Uzlukli oqimli tizimda tokarlik, frezerlash, shlifovka qilish operatsiyalari bajariladi. t1-1.9min, t2=1.1min, t3-2.1min, t4-1.3min. Bir oylik dastur 12600 dona. Oydagi ish kunlari soni 21kun, smenalar soni 1, smena davomiyligi 8soat, xizmat ko‘rsatish davri 0.5 smena. Jarayon takti, ish o‘rinlari soni, yuklanganlik koeffitsienti, texnologik va transport zadellarini aniqlang. 7-masala Quyidagi ma’lumotlar asosida aylanma zadellarni hisoblang. t1-15min t2=35 min t3-17.4min t4-3.4min t5-12min t6-4.7min . Jarayon takti 4.9 min/dona. Xizmat ko‘rsatish davri 60min. Buyumlar donalab uzatiladi. Download 21.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling