4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


Download 190 Kb.
bet7/19
Sana21.06.2023
Hajmi190 Kb.
#1638492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod

A.Temurning iqtisodiy qarashlari


Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:

  1. Suyurg’ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i – xiroj olganlar.

  2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.

  3. Ushr yerlar. Sayid va xo’jalarga mansub

Amir Temur (1336-1405)
yerlar. Bu yerlarda olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.

  1. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh,

qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.

  1. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.

Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo’ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan savdo- sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi. A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. («Amir
tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan:

  1. Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).

  2. Aqlli, donishmand odamlar.

  3. Xudojo’y kishilar.

  4. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.

  5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).

  6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.

  7. Vazirlar, sarkotiblar.

  8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).





Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling