4-mavzu. O‘zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari; adabiy-badiiy manbalar, qardosh tillar va sheva materiallari, ularda qo‘llangan yozuv tizimlari Reja


‘zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari


Download 161 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi161 Kb.
#1154702
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy

0‘zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari
Eski o‘zbek adabiy tili yozma manbalarga boy bo‘lib, ular Movarounnahr va Oltin 0‘rda hududida yaratilgan. Ularning ayrimlarini ko‘rsatamiz:
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari 1353-yilda yozib tuga- tilgan bo‘lib, til jihatdan o‘g‘uz tili xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Sidi Ahmadning “Taashshuqnoma”si tuzilish jihatdan “Mu- habbatnoma”ga yaqin turadi. Bu asar 1435-yili yozilgan. Uning muallifi Sidi Ahmad esa Mironshohning o‘g‘li deb taxmin qilina- di. Asarda qipchoq xususiyatlari kamroq uchraydi.
Aliyning “Qissayi Yusuf’ asari XIII asrda yozilgan bo‘lib, unda o‘g‘uz-qipchoq tili xususiyatlari aks etadi. Asar 0‘rta Osiyoda yozilgan, deb taxmin qilinadi.
Qutbning “Xusrav va Shirin” asari 1340-yili Oltin 0‘rda xonlaridan 0‘zbekxon o‘g‘li Tinibekka atab yozilgan. Til jihatdan o‘g‘uz-qipchoq til xususiyatlarini ifodalaydi. Asar Nizomiy tomo­nidan yozilgan shu nomdagi dostonning turkiylashtirilgan tarji- masi edi.
Sayfi Saroiyning “Gulistoni bit-turkiy” asari 1391-yili Misrda yoziladi. Asar qipchoq-o‘g‘uz tili xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur asar Sa’diyning “Guliston” asari taŋ'imasidir.
Navoiygacha bo‘lgan shoirlar:
Durbck. XIV asming ikkinchi yarmida ijod etgan. Uning “Yusuf va Zulayho” asari (asar Balxda yozilgan deb taxmin qilinadi) bizgacha yetib kelgan.
Lutfiy. XIV asr oxiri va XV asr o‘rtalarida Hirotda yashagan va ijod etgan, ayrim g‘azallari va “Gulu Navro‘z” dostoni bizga yetib kelgan.
Atoiy. XV asrning birinchi yarmida ijod etgan. Go‘zal g‘azal- lari bilan mashhur.

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling