4-mavzu: O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja
Download 46.43 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlanish bosqichlari
Maxsus soliq rejimlari (SK 18-modda):
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: aylanmadan olinadigan soliq mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog’liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to’lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo’llashni nazarda tutishi mumkin. 2.O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlanish bosqichlari O’zbekiston Respublikasining mustaqil soliq tizimini shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lib o’rganish mumkin: Birinchi bosqichda O’zbekiston Respublikasining mustaqil soliq siyosati shakllana boshladi. Bu bosqichning dastlabki yillarida asosan soliqlarning fiskal funktsiyasi ustivorligi namoyon bo’ldi. Yahni davlat byudjetiga ko’proq moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan xususiyatlanib, uning xazinaviy axamiyatiga katta e’tibor qaratildi. 1994 yildan boshlab, iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda, soliq subhektlariga keng imtiyozlar berila boshlandi. Natijada soliqning rag’batlantiruvchi jixatlari muxim rolg’ o’ynadi. Ikkinchi bosqichda ilk bor O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (1997 yil 24 aprelda) qabul qilindi. Bu davrda soliq turlari takomillash tirildi, samarasiz soliq turlari bekor qilindi. Soliq islohotining uchinchi bosqichi 2008 - 2020 yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish kontseptsiya sining boshlanish davri deb atash mumkin. Soliq islohotining to’rtinchi bosqichi 2020 yildan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan davr. Bu bosqichni soliq tizimida tadbirkorlik subhektlarini har tomonlama rag’batlantirish, ular faoliyatini qo’llab quvvatlash, soliq tizimini soddalashtirish, soliq mahmurchiligini takomillashtirish davri deb atash mumkin. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling