4-mavzu: O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja


-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari


Download 46.43 Kb.
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1778690
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi

4.2-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
Reja:

  1. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati

  2. O’zbekistonda byudjet-soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’nalishlari



1.O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati
Soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir qismi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni tahminlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni tahminlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda soliq siyosati muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Soliq siyosati amalda davlat boshqaruvining boshqa unsurlari: pul-kredit siyosati, baho siyosati kabilar bilan birgalikda mamlakatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga faol tahsir etadi. Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantiradi yoki cheklaydi. Zero Prezident SH.M.Mirziyoev tahkidlaganidek -"Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan, byudjet daromadining barqaror safarbarligini tahminlashdan, ikkinchi tomondan - korxonalarni respublika uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishdan iborat". Soliq siyosatining asosiy vazifasi oxir-oqibat iqtisodiy o’sishni tahminlashga qaratilishi lozim.
Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar xususiyatini e’tiborga olib soliq siyosati:

Soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini tahminlash ko’zda tutilgan soliqqa doir moliyaviy tadbirlar yig’indisidir.
Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini tahminlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, yahni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo’nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

  • mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy etish;

  • amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini tahminlovchi mexanizmini shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa mehyoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;

  • soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;

  • soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.




Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling