4-mavzu. Paketning pog‘onalar bo’yicha uzatilishi


Sarlovha qismi paketning uzatilish signali, manba manzili, makon manzili, uzatishni sinxronlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumot


Download 132.06 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi132.06 Kb.
#1070491
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

Sarlovha qismi paketning uzatilish signali, manba manzili, makon manzili, uzatishni sinxronlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‘ljallangan ma’lumotlardan iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5— 4 Kb bo‘lishi mumkin.
Treyler qismi ko‘p hollarda xatoliklarni tekshirishga mo‘ljallangan (misol uchun, siklik kod yordamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelining amaliy pog‘onasida boshlanadi. Uzatish mo‘ljallangan axborot yuqori (amaliy pog‘onasi)dan quyi pog‘onaga yetkaziladi va har bir pog‘ona ma’lumot qismiga tegishli axborotni qo‘shadi.
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik qismlarga — paketlarga bo‘linadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi hisoblanadi.
Katta hajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda ma’lumot uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi.
Xabarlar turli uzunlikga ega bo‘lishi mumkin — bir necha baytdan o‘nlab megabaytgacha, paketlar esa o‘zgaruvchan uzunlikka ega bo‘lishlari mumkin.
Har bir paket kerakli qurilmaga yetib borishi uchun manzil axboroti belgilangan sarlovha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo‘lishi mumkin va quyidagilarni o‘z tarkibiga olishi shart: - uzatuvchini ifodalaydigan manba manzili;

  • uzatilayotgan ma’lumotlar;

  • qabul qiluvchining manzili;

  • tarmoq vositalariga ma’lumot uzatilishi lozim bo‘lgan marshrut axboroti;

  • xabarni dastlabki ko‘rinishda taqdim etuvchi axborot;

  • uzatish aniqligini ta’minlovchi xatoliklarni tekshirish axboroti.

Paketlar kommutatsiyasida uzatilayotgan axborot bir nechta maxsus porsiyapaketlarga bo‘linadi va bir - biriga bog‘liq bo‘lmagan holda uzatiladi. Shuning uchun paketlar uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishida bir necha yo‘llardan uzatilishi mumkin.
Kanallar kommutatsiyasidan farqi “saqla va uzat” uslubi bilan ishlaydi.
Ma’lumotlarni uzatishni davom ettirishdan avval uzatilgan paketlarni saqlab oladi. Bu usulda paketlarni uzatish bir qator yutuqlarga olib keladi, tarmoq resurslaridan oqilona foydalanish, paketlarni kechikmasligi (aloqa seansini o‘rnatish bilan bog‘liq), biroq paketlarni tarmoq taklif etayotgan turli yo‘llar orqali marshrutlash uchun ma’lum vaqt talab qilinadi.
Paketlar kommutatsiyasida uzatish vaqtida resurslardan faydalanish uchun raqobat vujudga keladi. O‘z navbatida bu tirbandlikni hosil qiladi. Bunday vaqtda paketlar tarmoqda uzatilishi uchun o‘z navbatini kutadi (2.3 – rasm).

2.3 – rasm. Paketlarni tarmoqda har xil yo‘llar orqali uzatilishi
Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi. Paketli kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‘lib, unda paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‘lganda, paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi.

Download 132.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling