4-mavzu: Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi Reja
-jadval Mediakompetentli o‘qituvchi (pedagog) faoliyati
Download 72.49 Kb.
|
4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot
2.1-jadval
Mediakompetentli o‘qituvchi (pedagog) faoliyati.
Demak-ki, bo‘lajak pedagogning mediakompetent shaxsini shakllantirishga ma’lum ijtimoiy buyurtma mavjud. OTM pedagoglari internet-hamjamiyat rivojining ko‘plab tendensiyalarini o‘zlarining maqomiga mos bo‘lmagan - bolalar ermagi‖ sifatida qabul qilib, umumiy axborot makoniga anchagina sekin kirib orishmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida texnika yutuqlaridan faol foydalanadigan pedagoglar ta’lim oluvchilar bilan ancha oson til topishadi, ularning mehnati o‘zining intellektual mehnati mahsullaridan (taqdimotlar, CASE-vositalar va o‘rgatuvchi dasturlardan to ishlanmalar va modellashtirish shaxsiy dasturiy paketlarigacha) ko‘p marta foydalanish, talabalarga zarur o‘quv materiallarini elektron ko‘rinishda taqdim qilish hisobiga juda yengillashmoqda. Talabalarning mustaqil ishlari, talabalar ilmiy faoliyati doirasida ularning ishlanmalarini tahlil qilishda o‘zaro hamkorlik samaradorligi tobora ortmoqda – talaba mashg‘ulotlar grafigini pedagogning dars jadvali bilan doimiy moslashtirishiga ehtiѐj yo‘q, chunki internet tarmog‘i orqali turlicha yo‘llar bilan muloqot qilish imkoni mavjud. Ayni paytda jadal rivojlanaѐtgan internet texnologiyalarga oshno bo‘lishni istagan pedagog AKT sohasida zarur bilimlar hajmidan qo‘rqadi, bu yo‘nalishda istiqboli porloq emasligiga o‘zini o‘zi ishontiradi, kichik muammolar oldida ham taslim bo‘ladi. Pedagoglarning yangi AKTlarga qiziqishlarini o‘z vaqtida rag‘batlantirish va ularga internet-haѐt alifbosini o‘rganishda maksimal ѐrdam ko‘rsatish zarur. Istalgan pedagog uchun qulay bo‘lgan talabalar bilan muloqot va o‘zaro hamkorlik uchun veb-servislarning minimal hajmi: elektron pochta; lahzalik xabarlar tizimlari (telegram, chat, instagram va sh.k.); forumlar; bloglar. O‘zaro hamkorlikning bu kabi shakllarida ishtirok qilish uchun amalda AKT sohasida hech bir bilimga ega bo‘lish talab qilinmaydi, elektron pochta manzilining mavjudligi istalgan resurslarda ro‘yxatdan o‘tishni nazarda tutadi, o‘z ko‘nikmalarining ishlanganligi esa ozroq vaqt talab qiladi, xolos. Ko‘plab OTMlar talabalarning forumlar va bloglar doirasida jamoaviy ishlash mexanizmlarini faol ilgari surmoqda. Mazkur tasniflardan kelib chiqib, bizning fikrimizcha, pedagoglarning ta’limiy faoliyatga kasbiy tayѐrgarligi darajalari tasniflarini umumlashtirish asosida (mediakompetentlik darajalarini hisobga olgan holda) ko‘rsatkichlarning mos jadvali ishlab chiqildi (2.2-jadval). Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy maktab va Oliy ta’lim muassasining o‘qituvchilari (pedagoglar) mediabilimli, mediatahlil va mediakreativli bo‘lishiga davrning o‘zi talab qilmoqda. Download 72.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling