4-Mavzu: php texnologiyasi. Mavzu rejasi


Download 273.54 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi273.54 Kb.
#1055313
  1   2   3
Bog'liq
4 maruza



4-Mavzu: PHP texnologiyasi.
Mavzu rejasi:
1. Php texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumot.
2. Php deskriptorlarini ishlatilishi.
3. Php operatorlari.
4. Izohlar
Adabiyotlar:

  1. Aripov M., Dottoyev S., Fayziyeva M. Web texnologiyalari. T. 2013 y.

  2. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari. T.; Universitet 2000 y.

3. Aripov M., Tillaev A. Web sahifalar yaratish texnologiyalari. T. 2006 y.
    1. PHP texnologiyasi haqida qisqacha


PHP — tili(texnologiyasi) Internetda ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Si tili kabi universal va aniq sintaksisga ega va o‘zida Perl va Si tili imkoniyatlarini mujassamlashtirib olgan. Bu til yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsada (aniqrog‘i uni interpretatori), u millionga yaqin serverlarga o‘rnatilgan va o‘rnatilishda davom etmoqda. PHP tili HTML fayliga dinamik tarkibni yaratuvchi PHP tili instruksiyalarini qo‘yish imkoniyatini beradi. PHP dasturlari faqatgina PHP tilining konstruksiyalaridan yoki PHP va HTML tilining konstruksiyalaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.


PHP texnologiyasining asosiy vazifasi - Webda ishlovchilarga html- sahifalarni oson va tez hosil qilish, ularni dinamik holda ishlashi va o‘zgartirish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat. PHP tili bu vazifalarni a’lo darajada bajara oladi. PHP ga xos bo‘lgan yana bir asosiy jihat - uning kodi HTML ga qadam-baqadam o‘giriladi, to‘g‘ridan – to‘g‘ri hech qanday chegaralar, to‘siqlarsiz ko‘chadi va brauzerga qanday bo‘lsa o‘sha holda chiqariladi. Bunda asosiy shart - PHP kodlarini chegaralovchi teglarni ochish va yopish yoddan chiqmasligi zarur. Shunday yaratilgan fayl serverda saqlanadi. Foydalanuvchi sahifaga murojaat qilganida, PHP u yuborgan buyruqlarni qayta ishlab brauzerga u qanday yuborgan bo‘lsa o‘sha holatda qaytaradi, xuddi CGI dasturi C va Perl da yozilgan dasturlarni serverga uzatganidek.


СGI (Сommon Getaway Interface - umumiy shlyuzli interfeys) – HTTP server qo‘llanmalarini yaratish uchun tashkil qilingan standart bo‘lib, CGI ssenariylari yoki shlyuz deb nomlanuvchi bunday qo‘llanmalar www- serverini joriy vaqtda ishga tushiradi. U Web serveriga serverda ishlaydigan boshqa dasturlar (CGI ssenariylari) bilan bog‘lanishga imkon beradi. CGI ssenariylari yoki shlyuz odatda C/C++, Fortran, Perl, TCL, Unix Schell, Visual Basic, Apple Script va boshqa dasturlar yordamida yoziladi. CGI ssenariylari qidiruv, server tomonidan karta tasvirlarini boshqarish, o‘yin kabilar va boshqa turli funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladi. Biroq ssenariylar orasida eng o‘ziga xos foydalanish – bu formalar yaratish va ular bilan ishlashdir. CGI da analogik skriptlar PHP ga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
Sahifada HTML kodidan tashqari PHP kodlari mavjud bo‘lsa, server buni tushunishi uchun fayl kengaytmasini standart ko‘rinishini *.htm yoki

Download 273.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling