4-mavzu: psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari reja


Download 20.61 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi20.61 Kb.
#1403144
1   2   3
Bog'liq
маъруза 4 (1)

Ikkinchi qonuniyat – psixika integratsiyasidir. Inson psixikasi o’z taraqqiyoti davomida tobora ko’proq yaxlitlik, birlik, mustahkamlik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta boradi. N. D. Levitovning ko’rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli fragmentlar psixik holatlarning kichik bir sistemaga uyushtirilganidan iboratdir. Psixik rivojlanish psixik holatlarning sekin-asta o’sib, shaxs hislatlariga aylanishidan iboratdir.
Uchinchi qonuniyat – plastiklik va kompensatsiya imkoniyati. I. P. Pavlov faqatgina tegishli ta’sir ko’rsatilsa, hamma narsani yaxshi tomonga o’zgartirish mumkinligini ta’kidlab, nerv sistemasining nihoyatda plastikligini ko’rsatib o’tgan edi. Ta’lim va tarbiya sharoitida bolaning, maktab o’quvchisining psixikasini iaqsadga muvofiq o’zgartirishning boy imkoniyati nerv sistemasining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastik kompensatsiya uchun ham yo’l ochib beradi: bir xil psixik funktsiya rivojlanishi zaif Yoki nuqsonli bo’lsa, boshqa funktsiyalar jadallik bilan rivojlanadi. Masalan, xotira kuchsiz bo’lsa, uni faoliyatning zo’r uyushganligi va aniqligi bilan kompensatsiya qilish mumkin, ko’rishdagi nuqsonlar, qisman, eshitish analizatorining o’tkir darajada rivojlanishi bilan kompensatsiya qilinadi.
4. Bolalar psixikasini o’sishida aktiv faoliyatning roli.
Tarbiya bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil etib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar, faoliyatning har xil turlarida namoyon bo’lib, o’sayotganini hisobga olib tursa, tarbiya muvaffaqiyatli bo’ladi.
Bola psixikasi o’yin, o’qish, o’rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat protsessida o’sadi.
O’yin bog’chaga va maktabgacha tarbiya Yoshidagi bolalar faoliyatining etakchi turidir. O’yin ko’p asrlar davomida pedagoglar, Yozuvchilar, faylasuflar va biologlar e’tiborini jalb qilib keldi. O’yinga psixologlar hammadan ko’proq e’tibor berishadi. Bolalar psixikasining o’sishida o’yinning roli nihoyatda kattadir.
O’yin bola shaxsining o’sib kamolotga etishiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi. O’yin har bir Yosh bosqichida bolaning tevarak-atrofdagi dunyoni va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilib olishini ifodalaydi. Bolalarning moddiy dunyoga, kishilarga, o’ziga munosabati o’zgarayotgani o’yinda namoyon bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak va qiziqishlari bevosita o’yinda ifodalanadi. O’yin bolalarning hayolparastliklari sababli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga «o’zgartirish» imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Pedagogiga nuqtai nazaridan oqilona yo’lga qo’yilgan o’yin shaxsini har tomonlama o’stiradi: bilish, iroda va hissiy protsesslarni, xarakter sifatlarini taraqqiy ettiradi va sog’liqni mustahkamlaydi. Bolalar o’yinlari ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-ahloq qoidalarini bilib olish uchun keng imkoniyatlar beradi.
O’yinning xilma-xil kechinmalarga boy bo’lishi uning psixologik mohiyatini tashkil etadi. SHu bilan birga, bolalar o’yinga qancha ko’p berilib ketsa, hislari o’shancha samimiy va teran bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istaklari va mustaqillikka intilishlari bilan ularning real kuchlari va imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar o’yinda echiladi.
O’qish-o’rganish bir me’yorda asta-sekin murakkablashib boruvchi tekkis faoliyat emas. O’qish-o’rganishda o’quvchilarning ham, o’qituvchilarning ham ko’proq kuch sarf qilishini talab etadigan davrlar ham bo’ladi. Birinchi, beshinchi, ettinchi va to’qqizinchi sinflarda o’qish shunday davrlardan hisoblanadi. Bu sinflarda o’qish bolalardan o’z hulq-atvorini yangi, murakkablashib boruvchi sharoitga moslashtirishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya Yoshidagi bolaning hayotidagi o’yin davridan muntazam o’qish-o’rganish davriga o’tish qiyin. Beshinchi sinf o’quvchilarining bir o’qituvchi bilan ishlashdan ko’p o’qituvchilar bilan ishlashga va ko’p fanlarni o’qib-o’rganishga o’tishi qiyin. Ettinchi sinf o’quvchilarining borgan sari murakkabroq fanlarni o’rganishga moslashuvi qiyin. To’qqizinchi sinf yigit va qizlarining bolalik odatini tashlab, fan asoslarini jiddiy va mustaqil egallashga o’tishi qiyin.
O’qish-o’rganishda bolalarning mayl va qobiliyatlari namoyon bo’ladi va mustahkamlanadi. Bolalar aqliy jihatdan ancha o’zgarib, ularning xarakter sifatlari ham ahloqiy jihatdan o’zgaradi. Lekin bolalar shaxsining tarkib topishiga o’yin va o’qish-o’rgansh har qancha ta’sir etmasin, kishi shaxsi mehnatda tamomila tarkib topadi.
K. D. Ushinskiy «Odamda jiddiy mehnatga qattiq havas o’tini yoqish kerak deb yozgan edi u, odam bunday mehnatsiz baxtli bo’la olmaydi. Mehnat odamning tug’ma ehtiyojidir…».



Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling