4-Mavzu: Qasida va qasidanavislik
Download 33 Kb.
|
4-Mavzu Qasida va qasidanavislik
4-Mavzu: Qasida va qasidanavislik Qasida - lirik tur janrlaridan biri. Qasida muhim tarixiy voqealar va inashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Shu bHan birga, klassik adabiyotda tabiat lavhasi, cholg'u asboblari va boshqalarga bag'ishlab ham qasidalar yozilgan. Chunonchi, Rudakiy (X asr) qasidalari shunday qasidalardir. Qasida o'zbek, tojik, eron, ozarbayjon va boshqa xalqlar adabiyotida keng tarqalgan janrdir.O'zbek klassik adabiyotida Sakkokiy (XV asr) qasida ustasidir.Qasidaning baytlari miqdori cheklanmaydi. Qasida arabcha «qasda so'zidan olingan bo'lib «maqsad», «niyat», «biror ishga maqsad qilish» degan ma'nolami bildiradi.Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo'lmaydi. Mumtoz adabiyotimizdagi qasidalaming asosiy bitilgan.Qofiyalanishi: qismi aruz vaznida a-a, b-a d-a yoki a-a, b-bd-de-e O'rta asrlar Sharq adabiyotida qasida keng tarqalgan edi. Podsholar va ular madhiga bag'ishlangan haqiqatdan yiroq bo'lgan, maddohlik xarakteridagi qasidalar ko'proq saroy shoirlari ijodida uchraydi. Progressiv sharq shoirlari ijodida qasida o'zgacha xarakterda taraqqiy etgan. U ko'proq shoirlaming ijtimoiy-falsafiy qarashlarini bay on etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar o'z xarakteriga ko'ra ikki katta qismga ajraladi: a) maqtovlardan holi falsafiy mazmundagi qasidalar; b) qasida masnu - san'atli, ya'ni bezakli qasida. Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo bo'lib, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida ham yuzaga keldi. Masalan, Nosir Xisrav, Xoqoniy, Usmoniy Muxtoriy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliylar falsafiy qasidalaming ajoyib namunalarini yaratganlar. Qasida masnu esa Salmon Sovajiy, Sakkokiylar ijodida uchraydi. Mavjud qasidalami mazmuniga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) qasidai bahoriyo qasidaning nasib qismi yoki butunlay o'zi bahor tasviri, bahor madhiga bag'ishlangan qasidalar; b) qasida xazoniya-nasib qismi yoki to'liq o'zi kuz fasliga bag'ishlangan qasidalar; v) qasidai hajviya - biror shaxs yoki voqea hajviga bag'ishlangan qasida; g) qasidai holiya shoiming o'z hayoti va kayfiyatlariga bag'ishlangan boʻlib, u ko'pincha yashagan muhitdan shikoyat qilgan; d) qasidai ishqiya ishqiy mavzudagi qasida, e) qasidai hamriya - may haqidagi qasida. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling