4-mavzu. Qurilgan barcha standart va nostandart detallarni yig’ish


Download 392.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2023
Hajmi392.09 Kb.
#1210560
Bog'liq
4-amaliy



4-mavzu. Qurilgan barcha standart va nostandart detallarni yig’ish. 
Reja: 
1. 
Yig‘ish chizmalari 
2. 
Yig‘ish chizmalarini o‘qish 
Yig‘ish chizmalari orqali buyum yig‘iladi, u ta’mirlanadi, takomillashtiriladi 
va konstruksiyasi o‘rganiladi. O‘qish jarayonida yig‘ish chizmalari ni detallarga 
ajratib chizish orqali buyumning konstruksiyasi, ishlash prinsipi bilan tanishiladi. 
Ya’ni, buyumning detallari uning yig'ish chizmasi orqali mukammal o’rganiladi. 
Buning uchun buyum barcha nostandart detallarining ish chizmalari alohidagi-
alohidagi formatlarga chizib chiqiladi. Dastlab, buyum to’g‘risidagi yozma m 
a’lumot orqali uning mazmuni va detallarining vazifasi bilan tanishiladi. Shu davrda 
buyumning yig‘ish chizmasi ham ko'zdan kechiriladi, ya’ni o’qiladi. Yig‘ish 
chizmalarini o‘qish uning asosiy yozuvidan boshlanadi. Buyumning nomi ham u 
to‘g‘risida ko‘p m a’lumot beradi. Yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasi o’qilganda 
har bir detal nomi, soni, qanday materialdan tayyorlanganligi to’g ‘risida aniq m 
a’lumot olinadi. Yig‘ish chizmasi qanday ko‘rinishlarda tasvirlanganligi, qanday 
qirqim q o’llanilganligi, kesim va chiqarib ko‘rsatilgan kesim ko‘rinishlari harnda 
mahalliy qirqimlari ko‘zdan kechirib chiqiladi. Detallarining o’zaro joylashishi, bir-
biriga qanday kirib turganligi va birikkanligi kabi m a’lumotlar o'rganiladi. 


Yig‘ish chizmasidagi detallari uchun qo‘yilgan tartib raqamlari orqali har bir 
detal hamma ko‘rinishlarda o‘rganib chiqiladi. Shundan keyin yig‘ish chizmasi 
detallarga ajratib chiziladi. Awal sodda detallar eskiz ko‘rinishida ajratib chiziladi. 
Detallarga ajratib chizish murakkablik qilsa, ulaming kontur chiziqlarini aniqlashga 
harakat qilinadi. Buning uchun detaining tartib raqami orqali detal buyumning bosh 
ko‘rinishida qirqimga tushgan bo‘lsa, shtrix yo‘nalishiga aharaiyat beriladi hamda 
shu detaining boshqa ko‘rinishlarida konturi aniqlanadi. Detaining konturi 


aniqlangandan keyin uning texnik rasmi chizib ko'riladi. Shunda detal to’g‘risida 
to’liq m a’lumot olish mumkin bo‘ladi. Masalan, 193-shaklda tasvirlangan 
pnevmatik silindrning yig‘ish chizmasini detallarga ajratib chizish uchun yozma m 
a’lumoti o‘qib 
chiqiladi. U uzatish mexanizmining kuchaytiruvchi moslama sifatida 
qo‘llaniladi. Buyum tayanch qopqoq 1, silindr 8, porshen 5, shtok 11, qopqoq 9, 
qistirma 2, vint 12, gayka 3, halqalar 6, 7, 10, shayba 4 dan tashkil topgan bo‘lib, 
shtok yordamida porshen harakatga keladi. Shu harakat davrida siqilgan havoni 
tashqariga chiqarib turadi. Buyumning yig‘ish chizmasi ikki ko‘rinishda chizilgan 
bo‘lib, vint yordamida qopqoqlaming silindr bilan mahkamlanishi A—A qirqimda 
chiqarib ko'rsatilgan. Yig‘ish chizmasidagi 1, 5, 8, 9, 10 detallar ajratib chizilishi m 
um kin, qolganlari standart detallar hisoblanadi. Nostandart detallar ichida eng 
soddalari qistirma va porshendir. Animo qistirmani chizish shart emas. Shuning 
uchun porshenni ajratib chizishni ko'ramiz. Porshen bosh ko‘rinishda aniq 


tasvirlangan. Shunga ko'ra bu detai silindr bo'lib, o’rtasida shtokka kiydirish uchun 
silindrik teshik ochilgan. Porshen harakati davrida bosimli havo hosil qilish uchun 
unga rezinali halqa kiydirish maqsadida unda ikkita aylanma (silindrik) ariqcha 
o’yi!gan. Porshenning ikkala tomonida faska ham bor. Awal porshenning konturi 
chizib olinadi (1 9 4 -a shakl). Detai qiyofasini ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lsa, 
uning texnik rasmi chiziladi (1 9 4 -b shakl). 
Diqqat bilan o‘rganilsa, bu detai bitta ko‘rinishda tasvirlanishi mumkin ekan 
(1 9 4 -d shakl). Shu tartibda boshqa detallar ham ajratib chiziladi (1 9 5 -a—e 


shakllar). Detallarning ish chizmalarini har doim ham yig‘ish chizmasida 
joylashgandek, ish holatida chizish shart emas. Buning uchun qulay holat mavjud 
bo‘lib, misolda 8 va 9 detallar shunday qulay vaziyatda chizilgan (195-shaklga 
qarang). Buyumning yig‘ish chizmasidan uning detallarini ajratib, eskiz k 
o‘rinishida chizilgandan keyin, shu detallarning ish chizmalari 
chiziladi. Detallam ing ish chizmalarini chizishda ulamine haaiqiv o'lcham 
larini aniqlashga to’g‘ri keladi, chunki yig‘ish chizmalarida barcha oMchamlari 
to'liq berilmaydi. Y a ’ni yig'ish chizmalariga xos o’lchamIar qo‘yilgan bo‘ladi 
xolos. Shunga ko‘ra har bir detaining haqiqiy o 'lch a m la rin i aniqlash u ch u n 
nisbat m asshtabidan foydalaniladi. Masalan, silindming ichki diametri 0 80 deb 
yozilgan bo‘lib, shu o'lcham gorizontal chiziqqa /1 5 = 8 0 tarzida o’lchab qo‘yiladi 
va uning B uchidan vertikal, ya’ni AB ga perpendikulär chiziq chiziladi. Sirkulda R 
80 mm da A nuqtadan yoy chizib, B nuqtadan chizilgan vertikal chiziq kesishtiriladi 
(196-shakl). Shunda AD kesma 80 mm ga teng bo‘lib, uning to’g‘ri burchakli 
proyeksiyasi y45chizmadagi o’lcham 0 80 ga to’g ‘ri keladi. Endi porshenning eni t 
ning haqiqiy o'lcham ini topish uchun t masofani A dan gorizontal chiziqqa o’lchab 
qo‘yiladi va E nuqtadan vertikal chiziq o’tkazilib, AD va AT oMcham hosil qilinadi. 
AT o'lchansa, u 28 mm ga teng b o‘ladi. Shu tartibda detaining barcha elem 
entlarining kerakli o’lchamlarini aniqlash mumkin boiadi. D etallarga o’lcham lar q 


o‘yishda, yondosh detallarga ham ahamiyat beriladi. Yondosh detallaming bir-biriga 
tegib turgan sirtlari tutash bo‘lsa, o'lcham lari bir xil bo£ladi. M asalan, porshenning 
tashqi va silindming ichki diametri bir xil oMchamda, ya’ni 0 80 mm ga teng. 
Bunday sirtlarga g‘adir-budurligi bir xil tozalik klassida ishlov beriladi. Ish 
chizmalarida tozalik belgilari 0 ‘zDSt 2. 309-96 va G O ST 2. 789-73 ga binoan 
qo‘yish tavsiya etiladi. 


Buyumning yig‘ish chizmasi murakkab bo‘lsa, bir bo'lagining yaqqol tasviri 
chizilaéi. Y uqerkiagi mtsokia btiyurn tine ha murakkab bo‘lmagani uchun uning 
yaqqol tasviri to’liq chizildi (197-shakl). SINOV SAVOLLARI 1. Yig'ish 
chizmalarini detallarga ajratib chizishdan maqsad nirna? 2. Yig‘ish chizmalari 
qanday tartibda detallarga ajratiladi? 3. Yig'ish chizmasini detallarga ajratib chizish 
deganda nima tushuniladi? 4 . Yig'ish chizmalaridagi detallarning haqiqiy 
o‘lchamlari qanday aniqlanadi? 5. a) Yig‘ish chizmasidagi В va D detallar o‘zaro 
qanday biriktirilgan? À. Rezba yordamida; B. Presslangan; D. Payvandlangan; E. 
Shlitsa yordamida. b) Yig'ish chizmasidagi A detal qanday nomlanadi? 

Download 392.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling