4-mavzu: Rejalashtirishning mohiyati. Rejalashtirish va uning mazmuni, maqsadi, vazifalari


Biznesni tashkil etish va boshqarish


Download 283 Kb.
bet11/14
Sana10.11.2023
Hajmi283 Kb.
#1764192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-Mavzu (Rejalashtirish)

Biznesni tashkil etish va boshqarish. Bu bo’limda korxonaning tashkiliy tarkibi va unda kutilayotgan o’zgarishlar, korxonaning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllari, sheriklar, hamkorlar va aktsiyadorlar, rahbarlar, egalik qiluvchilar va menejerlar, ularning tavsifi va har birining roli, vazifalari, maoshlari, taqdirlash shakllari, boshqaruv qarorlari qabul qilish tartibi va boshqalar bayon etiladi.

  1. Xavf-xatarni baholash va sug’urtalash. Bu bo’lim ikki qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qismida uchrashi mumkin bo’lgan barcha xavf-xatarlar ro’yxati tuzilib, ularning har biri keltirishi mumkin bo’lgan zarar baholanadi. Ikkinchi qismida esa xavf-xatarlarni oldini olish va ularning zararlarini kamaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, sug’o’rtalash dasturi aks ettiriladi.

  2. Moliyaviy reja. Bu reja quyidagilarni o’z ichiga oladi: tadbirkorning o’tgan va hozirgi davrdagi moliyaviy ahvoli, oxirgi uch yildagi foyda va zararlari, balanslari va moliyaviy holatidagi o’zgarishlar, kelgusi uch yilga prognoz qilinayotgan foyda va zararlar, balanslar, zararsizlik nuqtasi, pul oqimlari. hozirgi va prognoz qilinayotgan moliyaviy, koeffitsientlar va ularning tarmoq o’rtacha ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili, moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji, ularni olish va shakllantirish manbalari, chetdan olish kerak bo’lgan mablag’ mulkdori ularni olish shartlari, qarzni qaytarish grafigi (taqvimi), investitsiyaning foydaliligini baholash, prognoz qilinayotgan moliyaviy ko’rsatkichlar hisob-kitobi va ularni asoslovchi hujjatlar, moliyaviy-buxgalteriya hisob yuritish tizimi va boshqalar.

  3. Ta’sirchanlik tahlili. Bu yerda moliyaviy prognozlarning o’sish darajasi, voqealarning eng yaxshi rivojlanib borishi, eng ko’p ehtimol qilingan stsenariysi, eng yomon stsenariysi ko’rib chiqiladi. Loyiha va strategiya uchun asos bo’lgan takliflarni o’zgartirish yo’li bilan tadbirkor (korxona) uchun kelgusidagi voqealarning mahqul va nomahqul oqibatlari baholanadi va har bir variantida ishning (loyihaning) foydaliligi aniqlanadi.


  4. Download 283 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling