Tugallanmagan ishlab chiqarish boʼyicha aylanma mablagʼlar normativi miqdori quyidagilarga bogʼliq boʼladi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
2. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, yaʼni tannarx
3. Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor mahsulot chiqishigacha boʼlgan ishlab chiqarish siklining davomiyligi
Ishlab chiqarish siklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan oydalaniladi:
Bu yerda:
ttexn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha
operatsiyalarga sarflanuvchi vaqti;
ttan - operatsiyalar oraligʼidagi vaqt (tanaffuslar);
ttrans – transportda tashish vaqti;
tkontr - mahsulotni yigʼish, qabul qilish va
TNBga topshirish vaqti.
Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish
Ishlab chiqarish jarayoni tugallangandan soʼng mehnat predmetlari tayyor mahsulot koʼrinishida muomalaga kiritiladi.
Аylanma mablagʼlarning tayyor mahsulotga aylanish normativi miqdori, oʼrtacha bir sutkalik ishlab chiqarilgan mahsulotning (tannarxi boʼyicha) aylanma mablagʼlarning kunlardagi tayyor mahsulot normasiga sifatida, yaʼni tayyor mahsulotning korxona omborida saqlanish muddati sifatida aniqlanadi:
Гн = В : Т х Нт.м
Bu yerda:
Gn – tayyor mahsulot normativi;
V - rejalashtirilgan davrda rejadagi
tannarx boʼyicha ishlab chiqarilgan mahsulot;
Ngn – tayyor mahsulotlardagi aylanma mablagʼlar
zahiralari normasi, kunlarda;
T - rejadagi davrda kalendar kunlar miqdori.
4. Аylanma mablagʼlardan foydalanish koʼrsatkichlari va ularning aylanishini tezlashtirish yoʼllari
Korxona aylanma mablagʼlaridan samarali foydalanish uchta asosiy koʼrsatkichni tavsiflaydi:
1. Аylanish koeffitsienti
2. Аylanma mablagʼlarning yuklanish koeffitsienti
3. Vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi
Do'stlaringiz bilan baham: |