4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


Download 43 Kb.
bet5/19
Sana23.02.2023
Hajmi43 Kb.
#1225417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi.

To‘rtinchi davr (etuklik)
1) Ilk etuklik davri 21 yoshdan to 25 yoshgacha,
2) O‘rta etuklik davri 25 yoshdan to 40 yoshgacha,
3) Etuklikning so‘nggi bosqichi 40 yoshdan to 55 yoshgacha,
Beshinchi davr (qarilik)
1) Istefo bosqichi 55 yoshdan to 65 yoshgacha,
2) Qarilik bosqichi 65 yoshdan to 75 yoshgacha,
3) Eng keksalik davri 76 yoshdan to cheksizlikgacha.
Shunday qilib, biz chet el psixologiyasida shaxs rivojlanishining yo‘nalishlari va nazariyalarini qisqacha sharhlab o‘tdik. qilingan tahlillardan ko‘rinib turibdiki, Evropa mamlakatlari va AqSh psixologlari orasida bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. Buning bosh sababi shaxsning tuzilishi, uni shakllanish qonuniyatlari, uning kamolotida ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlarning roli, mikro va makromuhitning ta’siri, rivojlanishning tayanch manbalari bo‘yicha umumiylikning yo‘qligi, aniq metodologiyaga va ilmiy platformaga asoslanmaganlikdir.
Sobiq Sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik ushbu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o‘ziga xosligi bo‘yicha yondashuvda, muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhga ajratish va undan so‘ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Bizningcha, ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy), motivatsion yondashish (L.I.Bojovich), faoliyatga ko‘ra munosabat (D.B.Elkonin), shaxsning ijtimoiylashuvi xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy), shaxsni tutgan pozitsiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.
L.S.Vigotskiy jahon psixologlarining shaxsni tuzilishi va rivojlanishiga oid nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, kamolotni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi).
2. Go‘daklik davri 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yasharlik inqiroz.
3. Ilk bolalik davri 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yasharlik inqiroz.
4. Maktabgacha yoshdagi davr 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yasharlik inqiroz.
5. Maktab yoshi davri 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yasharlik inqiroz.
6. Pubertat (jinsiy etilish) davri 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yasharlik inqiroz.
L.S.Vigotskiy o‘z asarlarida rivojlanishning har bir davrining o‘ziga xos xususiyatlariga chuqur ilmiy ta’rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etuvchi mulohazalar bildirgan. Biroq uning fikrlari ichida o‘ta munozarali, bahsbob o‘rinlar talaygina. Hozirgi zamon psixologiyasi fanida L.S.Vigotskiyning shaxsning rivojlanishi nazariyasi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi inqirozlarning roli to‘g‘risidagi mulohazalari va olg‘a so`rgan g‘oyalari shu kunning talabi bilan hamohangdir.
Sobiq Sovet psixologiyasining yirik namoyandasi, L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo‘lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivatsion deb yuritish mumkin. L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan iborat: birinchi bosqich chaqaloqlik tug‘ilgandan to 1 yoshgacha, ikkinchi bosqich motivatsion tasavvur 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich “Men” ni anglash davri 3 yoshdan 7 yoshgacha, to‘rtinchi bosqich ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri 7 yoshdan 11 yoshgacha, beshinchi bosqich: a) o‘zo‘zini anglash davri 12 yoshdan 14 yoshgacha, b) o‘z o‘rnini belgilab olish (topish) davri 15 yoshdan 17 yoshgacha.
L.I.Bojovich shaxs shakllanishining har bir bosqichini psixologik tavsifini berib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini ochib berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo‘nalishi shaxs psixologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib motivatsion yondashuvga bevosita tahlil va sharh bo‘ysundirilgan.
D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi klassifikatsiyasi etakchi faoliyat nazariyasiga (A.N.Leontev ta’limotiga) asoslanib, har bir taraqqiyot pallasida u yoki bu ko‘rinishdagi faoliyat ustunlik qilish ehtimoliga suyanadi. Insonning shaxs sifatida kamol topishi jarayonidagi etakchi faoliyat roli ushbu nazariyaning asosini tashkil qiladi.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling