4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja
Sotsiogenetik nazariya va uning moxiyati
Download 43 Kb.
|
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi.
Sotsiogenetik nazariya va uning moxiyati
Shaxsning rivojlanish borasida bir qancha nazariyalar yaratilgan bo‘lib, ulardan biri sotsiogenetik nazariyadir. Sotsiogenetik yondoshishga binoan shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiatning tuzilishi, ijtimoiylashishi usullari , uni qurshab to`rgan odamlar Bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqgan xolda tushintiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra inson biologik tur sifatida tuqulib, xayotning ijtimoiy shart – sharoitlarining be’vosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. Bu nazariya biogenetik nazariyaning qarama qarshi ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. g‘arbiy Evropaning eng muxim nufuzli nazariyaladidan biri bu – ro‘llar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning moxiyatigi binoan jamiat o‘zinig har bir a’zosiga statust ya’ni xaq xuquq deb nomlangan xatti – harakatlarning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muxitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus ro‘llari shaxsning xulq atvori xususiyatida , o‘zgalar bilan munosabat, muloqat o‘rnatishda sezilarli iz qoldiradi. AQSHda keng tarqalgan ijtimoiylashishiga oid YAna bir nazariya bu individual tajriba va bilimlarni egallash ya’ni mustaqil o‘zlashtirish nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning xayot iva uning voqeylikka nisbatan munosabati ko‘pincha ko‘nikmalarni egallash va bilimlarni o‘zlashtirishning samarasi qo‘g‘atuvchining uzluksiz ravishda mustaxkamlanib borishining maxsulidir. Bular E.Torndayk, B.Skinerlarning muloxazasiga asoslanadi. Yana bir sotsiogenetik nazariyalari nomoyondalaridan biri K.Levin tomonidan tavsif qilingan «Fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi psixologiya fani uchun shaxs shakillanishi borasida muxim nazariyalardan hisoblanadi. Yuqorida taxlili qilingan har – bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o‘zgalar uchun yopiq yoki maxdud muxit xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda tushuntiradi, bu o‘rinda odam xoxlaydimi yoki yo‘qmi bundan qatiy nazar mazkur sharoitga moslashmog‘i zarur degan aqidaga amal qilinadi. Bizningcha barcha nazariyalarda inson xayotinig ijtimoiy – tarixiy vaziyatlari va abektiv shart – sharoitlari to‘liq e’tiborga olinmagan. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling