4-mavzu. Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar (2soat)


Download 79.49 Kb.
bet13/17
Sana24.12.2022
Hajmi79.49 Kb.
#1052213
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
МАЪРУЗА 4 (1)

Qobilyat ko’rinishlari

  • Tadbirkorlik — biror ishni amalga oshirishda aqliy va ruhiy imkoniyatini ishga solish;

  • Miya faoliyati — insonlarning ichki dunyosi va ularning maqsadini angash;

  • Oldindan his etish — ko‘zlangan ish yuzasidan oldindan qaror chiqarish;

  • Muammoni o‘z vaqtida hal qilish — yuzaga kelgan vaziyatni ijobiy hal etish;

  • Qaror qabul qilish — to‘liq axborot asosida his-tuyg‘ularni ishga solib ongli ravishda harakat qilish;

  • Hissiy boshqarish — ichki kechinmalarini aniqlash va ularni boshqarish;

  • Oldini olish — murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik uchun aqlni ishlatish.

Qanday xususiyat bilan o‘z kasbining ustasi bo‘lish mumkin? Buyuk insonlar tug‘ma iste’dod egasi bo‘ladimi yoki qobiliyat shakllantiriladimi? Mazkur mavzu yuzasidan Florida davlat universiteti psixologi K.Anders Erisson hamtadqiqot olib bordi. Unga ko‘ra, qobiliyat hayotiy tajriba orqali boyib boradi. “Association for Psychological Science” jurnalida keltirilishicha, tajriba orqali bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish mumkin. Biroq bu vaziyatda insonning irsiyati orqali “meros” bo‘lib o‘tgan tug‘ma iste’dodni ham unitmaslik kerak.
Olimlar qobiliyatning eslab qolish bilan bog‘liqligini aniqlash maqsadida tajriba o‘tkazdi. Unga ko‘ra, 57 nafar pianinochi jalb etilib, ulardan hayotida eshitmagan musiqani ijro etish so‘raldi. Musiqachilar avvaliga xato qilib tajribalardan so‘ng kuyni pianonida mahorat bilan chalib berishdi. Uzoq muddatli mashg‘ulotlardan so‘ng mavjud kamchiliklar ham bartaraf etildi. YAna bir tadqiqotchilar olib borgan tadqiqotda esa matematik, texnik, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi soha vakillarining qanchalik xotira imkoniyatlari yaxshi ishlasa, shunchalik uning intellektual salohiyati ham yuqori bo‘lishi aniqlandi.
Qobiliyatning tug‘ma iste’dod bilan bog‘liqligi va xotira ham unga ta’sir qilishi aksariyat insonlarni tashvishga solishi tabiiy. Biroq hayotning davomiyligi, ya’ni qobiliyatni yillar davomida shakllantirish mumkinligi oldindagi to‘siqlarni bartaraf etadi.
Tadqiotda his-tuyg‘u va inson ruhiyatining qobiliyatning shakllantirishdagi o‘rni muhokama qilingan. Ularda keltirilishcha, qobiliyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta omil uning hayajoni bilan bog‘liq.Chunki o‘z hissiyotlarini boshqara olmagan inson qat’iyatli, eng asosiy, qobiliyatli bo‘la olmaydi. Insonning fikrlashi uning ichki olami bilan ham uzviy bog‘liq ekani olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda ham aniq bo‘lib bormoqda (1990y).
Hissiy ong vaqti-vaqti bilan insonni engishi mumkin. Bunda uning qobiliyati kamayib yoki ortib qolmaydi. Chunki tushkunlikka tushgan vaqtda inson o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon etolmasligi yoki aksincha har doimgidan ham yaxshiroq namoyon qilish mumkin.
Insonning jismoniy va ruhiy holati, uning dunyoqarashi, qiziquvchanligi, xotirasi, imkoniyatlari uning chetdan axborot qabul qilishi, ya’ni malaka hosil qilishiga ta’sir o‘tkazadi. Bunda insonning o‘sha vaqtdagi sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabati ham alohida ahamiyatga ega. Olimlar olib borgan tadqiqot natijasida inson o‘z-o‘zini xurmat qilsa va yaxshi ko‘rsa, uning qobiliyati ham shunga monand rivojlanishi aniqlangan. Ya’ni hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan kishilar tinimsiz o‘z ustida ishlaydi, yaxshi yashash va moddiy tomondan kamchilikni ko‘rishni xohlamaydiganlar ham aqliy salohiyatini rivojlantirib, qobiliyatini ham shakllantirib boradi.
Ruhiy qobiliyat insonning ruhiyati, uning ichki dunyosi bilan bevosita bog‘liq. SHu sababdan ham, uning tarkibiy tuzilishi iearxaik tuzilishga ega. Ruhiy qobiliyat aqliy qobiliyat bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ularni birgalikda rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Download 79.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling