4-mavzu. Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar (2soat)


Download 79.49 Kb.
bet7/17
Sana24.12.2022
Hajmi79.49 Kb.
#1052213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
МАЪРУЗА 4 (1)

Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz, qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga, taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytarad, qiyinchilik bilan qo’shiladi
Yuragi keng, barqaror, intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqurroq his- tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi. Bu temperament vakillari faoliyatda asosli o’ylab qatiyat bilan ishlash namunalarini kursatadi. U odatda boshlagan ishini oxiriga yetkazadi, xissiyotlari tashqi kurinishida kuchsiz bo’lib ravsham emas. Buning sababi nerv protseslarining muvozanatligi, kuchsiz quzg’alishidir. Flegmatik temperamentli kishilarning xotirjamligi uning hayotdagi voqea va hodisaga bo’lgan munosabatida ham nomoyon bo’ladi. Bunday kishilarni jahlini chiqarish yoki ranjitish qiyin. Ba’zan bu temperamentli kishida mehnatga tevarak - atrofdagi hayotga, kishilarga va hatto o’ziga nisbatan beparvo munosabatda bo’lish xollari avj olishi mumkin. Flegmatik temperamentli o’quvchining o’quv faoliyatida ayniqsa tez eslab qolish, tez tushuninsh, faxmlab olish va tez bajarish talab qilinadigan hollarda uning sustkashligi to’sqinlik qilishi mumkin. Bunday hollarda fligmatik temperamentli bola ojizlik qilishi mumkin, biroq u hamma narsani asosli va mustahkam eslab qoladi.
Flegmatik temperamentli kishilarda o’zini tuta bilish, sovuqqonlik, xotirjamlik xislarini hosil qilish juda oson. Flegmatik temperamentli kishilar oshpazlar, tozalikka rioya qiluvchi kishilar, shuningdek idoralarda ish yurituvchi hisobotchilar hisoblanishadi.
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda.

Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo’proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo’r qatiylik bor, diqqatini ko’chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.


Juda g‘ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.Xolerik odamlar bilan munosabatda qatiylik serjaxillik va o’zini tuta bilmaslikka yo’l quyadiki bu unga kishilar hatti xarakatini obektiv baholash imkonini bermaydi.Bu temperamentga hos bo’lgan muvozanatsizlik xolerik faoliyatida yaqqol nomoyon bo’ladi.u biror bir ishni ishtiyoq bilan boshlasa xarakatlari chaqqon va tez bo’ladi. Qiyinchiliklarni yengib zavq bilan ishlaydi. Biroq xolerik temperamenti organizmida energiya zapasi tez tugab faolligi pasayadi.
Hozirgi vaqtda ular ko’pincha jamiyatda bosh ro’lni boshqaruvchanlik yani liderlik ro’lini bajaradi. Shu bilan birga ulardan boshqaruvchilar siyosatchilar jamoa liderlari hisoblanadi Hayollarida ular o’zlarini qurolga hurmat bilan qaraydigan mag’rur askarlar deb hisoblashadi Xolerik temperamentli o’quvchilardan doimo muloyimlik bilan ammo qatiyatlik bilan shoshilmay o’ylab javob qaytarishlarini talab qilish ular xatti xarakatlarida o’rtoqlari va kattalar bilan bo’lgan munosabatida o’zini tuta bilishlikni muntazam ravishda tarbiyalab borish lozim.
Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega.Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, ho’lini yuvib qo’ltig’iga urib g’o’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi. Melanxoliklar ishda odatga kura passiv ko’pincha kam qiziquvchan bo’ladilar.Bu temperament vakillarida hissiyot va hayajonli holatlar sekin paydo bo’ladi biroq chuqurligi zo’r kuchi davomiyligi bilan farq qiladilar melanxoliklarni ranjitish oson ular garchi tashqi ko’rinishida bu kechinmalarning hammasi ularda kuchsiz ifodalansa ham xafagarchilikka bardosh bear olmaydilar.
Melanxolik temperamentli kishilar odamlarga aralashmaslikka va yolg’izlikka moyil bo’ladilar. Uncha tanish bo’lmagan yangi kishilar bilan aloqa qilishdan o’zlarini chetga tortadilar yangi sharoitda ko’pincha uyalib o’zlarini noqulay sezadilar. Melanxoliklarda ularga xos bo’lgan xissiyotlarning chuqurligi va barqarorligini tashqi tassurotlarga hadan ziyod moyillikni o’stirish va takomillashtirish oson, shuning uchun bu temperamentdagi kishilarning sanat sohasida ishlashga ishtiyoqlari zur bo’ladi.Agar melonxolik temperamentli o’quvchi bolalar jamoasidan o’zini tortsa ijtimoiy mehnatdan o’zini olib qochsa u osonlikcha yakkalanib qolishi yoki o’z kechinmalariga chulg’anib qolishi yoki jamoadan chetga tasirlarga tushib qolishi mumkin.
Muvozanat qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish jarayonining muayyan tengligidir. Bu jarayonlar kuch jihatidan bir-biri bilan muvozanatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Harakatchanlik bir jarayonning boshqa jarayonga almashish tezligidir. U sharoitning tasodifiy va tez o‘zgarishiga ko‘nikishni ta’minlaydi.

Shulardan kelib chiqqan holda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va


professional mahoratni o’stirishda ayni shularga e‘tibor berish kerak. Masalan,
ba‘zilar xoleriklarga o’xshash qiziqqon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat
jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat
ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba‘zi tomonlariga yuzaki
qarashi kishini uylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof
temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham
emas. har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga
kuchli, ijobiy tomonlari ham bo’ladi.



Download 79.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling