2) qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan:
a) miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati;
b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish;
v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik;
g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi;
d) echishda ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka intilish
3) matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. ular quyidagilardir:
1. o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
2. muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o‘zlashtirish qobiliyati;
3. matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4. matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Psixolog M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan etakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan to’zilgan shunday o‘ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
|
|