4-mavzu. Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar (2soat). Reja


Download 236.42 Kb.
bet9/10
Sana23.12.2022
Hajmi236.42 Kb.
#1049386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
СЕМИНАР 4

«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Layoqat-qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya to’zilishining sezgi a’zolariga va funksional xususiyatlariga aytiladi.
Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma’noni anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan iborat individual xususiyatdir.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi quyidagilarga bog‘liq:
Birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo‘li bilan,
Ikkinchidan mutaxassis (musiqachi, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li, bilan
Uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni engil va samarali o‘zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlasin.
To‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan.
Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan borish kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat to’zilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga matematik ob’ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim.

Download 236.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling