4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
rangini o‘zgarish oralig‘i
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titrlash egri chiziqlarini aniqlash
rangini o‘zgarish oralig‘i deyiladi.
Indikatorlar pH ning rang o‘zgarish oralig‘i Titrlash ko‘rsatkichi, rT 1 Metil zarg‘aldog‘i 3,1-4,4 4,0 2 Metil qizil 4,4-6,2 5,5 3 Lakmus 5,0-8,0 7,0 4 Fenolftalein 8,0-10,0 9,0 SHunday qilib har xil indikatorlar ishtirokida titrlashni pH ning turli qiymatlariga erishilganda to‘xtatiladi, lekin. bu qiymatlar, odatda, neytrallash nuqtasiga mos kelmaydi. Titrlash egri chiziqlarini aniqlash, ular haqida quyidagicha ma’lumot berish mumkin. Titrlashning oxirgi nuqtasini yoki ekvivalent nuqta (aniqlanayotgan modda miqdorini qo‘shiladigan reagentning miqdoriga ekvivalent bo‘lgandagi vaziyat) ni aniqlash titrimetrik analiz metodining muhim qismi hisoblanadi, chunki analiz natijalarining to‘g‘riligi darajasi ekvivalent nuqtani aniq belgilashga bog‘liqdir. Titrlashning ekvivalent nuqtasini ko‘pincha titrlanayotgan eritmaga qo‘shilgan 1-2 tomchi indikator eritmasi rangining o‘zgarishiga asoslangan indikator metodi bilan aniqlanadi. Titrlash uchun indikator tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun sifat ko‘rsatkichidan tashqari miqdoriy jihatdan ifodalanadigan metodlardan ham foydalanish zarurdir. Bunday metodlarga: -titrlash egri chiziqlari tuzish metodi, -titrlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan indikator xatosini hisoblash metolari kiradi. Titrlash egri chiziqlari tuzish metodi, Kislotaning ma’lum hajmdagi 0,1 n. eritmasiga shuncha normallikdagi ishqor eritmasi qo‘shila boshlaganda muhit reaksiyasining kislotalidan neytralga o‘tishi, so‘ngra ishqoriy muhitga o‘tishi yuz beradi.Qo‘shilgan ishqor eritmasining miqdori pH ning ma’lum qiymatiga va indikatorning rangiga mos bo‘ladi. Bu jarayonni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lish vakerakli indikator tanlash uchun grafik metodidan foydalaniladi. Buning uchun ordinata o‘qiga pH qiymatlari joylashtirilsa, abssissa o‘qiga qo‘shilgan ishqor eritmasining miqdori (ml) qo‘yiladi. Bunda pH ning qo‘shilgan ishchi eritmaning qo‘shilgan ml.lar miqdoriga bog‘liq holda o‘zgarishini tavsiflovchi(ko‘rsatuvchi) egri chiziq hosil bo‘ladi. Titrlashning egri chiziqlari hosil bo‘lishining 3 holati mavjud. 1.Kuchli kislota eritmasini kuchli asos eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i. 2. Kuchsiz kislota eritmasini kuchli asos eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i. 3. Kuchsiz asos eritmasini kuchli kislota eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i. 4. Kuchsiz kislota eritmasini kuchsiz asos eritmasi bilan titrlash egri chizig‘i. Endi bulapHi alohida ko‘rib chiqamiz. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling