4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotalarni titrlash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
4. Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotalarni titrlash. kuchsiz kislota eritmasini kuchli 
ishqor eritmasi bilan titrlashda olingan titrlash egri chizig’ining sakrash intervalida pH ning 
kislotali muhitga mos keluvchi qismining qisqarishini kuzatdik. Aksincha, kuchsiz asosni kuchli 
kislota eritmasi bilan titrlashda sakrash nntervalida pH ning ishqoriy muhitga to’g’ri keluvchi 
qismining qisqarishi kuzatiladi. 
Kuchsiz kislota kuchsiz asos bilan neytrallanganda sakrash intervalining xam kislotali, ham 
ishqoriy muhit tomonlaridan kisqarishini kuzatish mumkin. Buning natijasida titrlash egri 
chiziridagi pH ning sakrash intervali deyarli yo’qoladi. 0,1 n sirka kislotani 0,1 n ammoniy 
gidroksid eritmasi bilan neytrallash egri chizig’i berilgan. Keltirilgan egri chiziqda pH ning sakrab 
o’zgarishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham indikator rangi keskin o’zgarmaydi. Ana shu sababga 
ko’ra kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan neytrallashdan hajmiy analizda foydalanib bo’lmaydi. 
 
5. Ko’p asosli kislotalarni (yoki ko’p kislotali asoslarni) titrlash. Ko’p asosli kislotalar 
(H
3
PO
4
, H
2
CO
3
kabilar) Shuningdek, ko’p kislotali asoslar (Ba(OH)
2
, Mg(OH)
2
kabilar)ning 
elektrolitik dissosilanishi bosqich bilan boradi. 
1. H
3
PO
4
↔H
2
PO

4
+H

2. H
2
PO

4
↔HPO

2
4
+H

3. HPO

2
4
↔PO

3
4
+H

Birinchi bosqichda hocil bo’lgan H
+
ionlari ikkinchi va uchinchi bosqichlardagi 
muvozanatlapHi chapga siljitadi, Shuning uchun ham fosfat kislotaning dissosilanishi birinchi 
bosqichdayoq to’xtab qoladn. Ortofosfat kislotani KOH eritmasi bilan titrlashda avvalo kislota 
ermtmasidagi H
+
ionlari neytrallanadi, H
3
PO
4
kislota dissosiasiyasining birinchi bosqichida hosil 
bo’lgan H
+
ionlari neytrallanib bo’lgandan so’ng titrlash egri chizig’ida pH ning sakrab o’zgarishi 
kuzatiladi. Titrlash davom ettirilaversa kislota dissosilanishining ikkinchi bosqichida hosil bo’lgan 
H
+
ionlari neytrallanadi va neytrallash egri chizig’ida ikkinchi marta pH ning sakrab o’zgarishi 
kuzatiladi. Titrlash davom ettirilgani bilan pH ning uchinchi marta sakrab o’zgarishi kuzatilmaydi, 
chunki K
3
PO
4
tuzining va o’yuvchi kaliyning ishqoriyligi bir-biriga yaqin. 
Shunday qilib, ko’p asosli kislotalar (yoki ko’p kislotali ishqorlar)ning titrlash egri 
chiziqlarida bir necha burilishlar mavjud bo’ladi va ular dissosiasiyaning turli bosqichlariga to’g’ri 
keladi. Lekin, ko’pincha ana shu burilishlar ba’zan uncha aniq bo’lmaydn (xususan ikkinchi va 
uchinchi ekvivalent nuqtalarga mos keluvchilari). Ba’zan esa pH ning o’zgarishi keskin va aniq 
bo’ladi. Undan foydalanib titrlashning oxirgi nuqtalarini topish mumkin. 
Hajmiy analizda ortofosfat kislotaning titrlanishi quyidagicha bajariladi: 
a
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling